Yuqorida taqdim etilgan yangi vizualizatsiya Venesuela neftini dunyoda eng faol savdo qilinadigan xom neft markalari bilan taqqoslaydi.
Infografika uçun ma’lumotlar Saudi Aramco, ExxonMobil, AQŞ Energetika axborot boşqarmasi (EIA), S&P Global, PEMEX va Kanada energetika regulyatori agentligi (CER) kabi bir neça manbalardan yiğilgan. Tahlilda jahonning asosiy neft markalari API ziçligi, neft turi va oltingugurt miqdori böyiça qiyoslanadi — bu turli mamlakatlarda neft sifati qançalik farq qilişini yaqqol körsatiş uçun qilingan.
API ziçligi neftning suvga nisbatan qançalik oğir yoki yengil ekanini körsatadi. Körsatkiçi 10° API’dan yuqori bölgan neft yengil hisoblanadi va suv yuzasida qalqib turadi, 10° API’dan past bölsa — oğir turlarga kiradi va çökadi. Umuman olganda, yengil neftni qayta işlaş osonroq böladi va benzin hamda dizel kabi yonilği çiqişi yuqoriroq böladi. Oğir neft esa, odatda, bitumga öxşaş qoldiq mahsulotlar hajmining köpayişiga olib keladi.
Venesuela dunyodagi eng yirik isbotlangan neft zaxiralariga ega, ammo uning asosiy qazib olinadigan qismi oğir neft hissasiga töğri keladi.

Venesuelaning yetakçi markasi — Merey 16'ning API ziçligi 20° dan ança past. Bundan taşqari, u oltingugurt miqdori yuqori bölgan “kislota” neft hisoblanadi. Şu xususiyatlari tufayli Venesuela xomaşyosi murakkab va qimmat qayta işlaş jarayonlarini talab qiladi. Dunyoda faqat çeklangan miqdordagi NQIZgina texnik jihatdan bunday oğir xomaşyoni samarali qayta işlaşga moslaşgan.
Dunyoda eng talabgor neft markalarining köpçiligi — Brent, WTI va Arab Light yengil va kam oltingugurtli (“şirin”) neft toifasiga kiradi. Ularning API ziçligi 40° atrofida yoki undan yuqori, oltingugurt miqdori esa past bölib qoladi. Bunday xomaşyoni qayta işlaş arzonroq va qimmat neft mahsulotlari çiqişi yuqori böladi, şuning uçun u jahon narxlarini şakllantirişda qulay “baza” hisoblanadi.
Arab Super Light va Tapis kabi öta yengil markalar “sifat iyerarxiyasi”ning eng yuqori poğonasida turadi. API ziçligining juda yuqoriligi va oltingugurt miqdorining minimalligi neftni qayta işlovçilarga minimal texnologik murakkablik bilan maksimal natija oliş imkonini beradi.
Şu bilan birga, oğir neft hamon jahon bozorida muhim örin tutadi. Masalan, AQŞning Meksika qöltiği sohilidagi NQIZ Venesuela, Meksika va Kanadadan keladigan API ziçligi past, oltingugurtli neftni qayta işlaş uçun maxsus ravişda keçiktirilgan kokslaş (delayed coking) qurilmalari va boşqa murakkab texnologik bloklar bilan jihozlangan.












