Oltin işlab çiqariş hajmi böyiça dunyoning törtinçi eng yirik kompaniyasi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilgi asosiy natijalarini taqdim etdi.

Unga köra, kompaniya ötgan yili 3 mln 156,6 ming troy unsiya (98,2 tonna) oltin işlab çiqargan. Bu – 2024 yildagi körsatkiç (3 mln 91,1 ming)dan 2,1 foizga köp.

Oltin narxi qimmatlaşuvi fonida, 2025 yilda NKMK işlab çiqargan mahsulot qiymati 135,6 trln sömga yetgan (taxminan 11 mlrd dollardan ortiq) – bu 2024 yil körsatkiçi (93,9 trln)dan 44,4 foizga yuqori.

Şuningdek, investitsiya dasturi doirasida 561 mln dollarlik mablağ özlaştirilgan bölib, bu – bir yil oldingidan 29 foizga kam.

“Yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va amaldagi işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş hisobiga 2 628 ta yangi iş örni yaratildi. Mahalliylaştiriş dasturi doirasida 1,4 trln. sömlik mahalliylaştirilgan mahsulot işlab çiqarildi. Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 7,3 trln. sömlik mahsulot xarid qilindi”, – deyiladi rasmiy relizda.

NKMK avvalroq kompaniya boşqaruvida özgariş bölgani haqida xabar bergandi: Yevgeniy Aleksandroviç Antonov bilan tuzilgan mehnat şartnomasi amal qiliş muddati tugagani munosabati bilan, tomonlarning kelişuviga köra, 2025 yil 31 dekabrdan boşlab boş direktorning transformatsiya böyiça birinçi örinbosari, boşqaruv a’zosi lavozimidan ozod etilgan.

2026 yil 1 yanvardan boşlab Jahongir Toliboviç Hasanov boş direktorning moliya, transformatsiya va xususiylaştiriş böyiça birinçi örinbosari, boşqaruv a’zosi lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar NKMK boş direktorining iqtisod va moliya böyiça örinbosari, boşqaruv a’zosi lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, NKMK boşqaruv raisi – boş direktori lavozimida 2008 yildan buyon Quvondiq Sanaqulov işlab keladi.