Iroq deyarli barça turdagi tayyor mahsulotlarni: oziq-ovqatdan tortib, murakkab quriliş materiallarigaça bölgan tovarlarni import hisobiga qoplaydi. Bu esa "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar uçun tayyor va keng qamrovli bozorni anglatadi.

Ikki davlat örtasidagi savdo aloqalarini mustahlamlaş, yangi hamkorlik şartnomalarini imzolaş maqsadida ayni kunlarda Savdo-sanoat palatasi kömagida Özbekiston-Iroq biznes kunlari bölib ötyapti. 150 dan ortiq iroqlik tadbirkorlar mamlakatimizga kelgan. Ularga mahalliy işlab çiqariş zonalari va milliy mahsulotlar taniştirilyapti.

"Taxminan 20 kun oldin, 23 dekabr sanasida Bağdodda Iroq-Özbekiston biznes va investitsiya forumi ötkazilgandi. Endi esa biz Özbekiston tomonining taklifi bilan Özbekiston-Iroq biznes forumi doirasida Toşkent, Samarqanddagi bir neçta fabrikalar faoliyati bilan tanişyapmiz. Umid qilamizki, uşbu uçraşuvlardan keyin yangi hamkorlik şartnomalarini imzolaymiz", — deydi Iroq Iqtisod palatasi raisi Ibrohim Madlul Ovayd Masudi.

Iroqlik işbilarmonlar delegatsiyasi tanişuv dasturini alyuminiy va oyna romlar, şuningdek, fasad yeçimlari işlab çiqariş zavodiga taşrif buyurişdan boşladi. Korxona hududida taşkil etilgan körgazmada 25 ta kompaniya öz mahsulotlarini namoyiş etdi.

“Iroq hozir rivojlaniş bosqiçida. Quriliş işlari davom etmoqda. Bizga dizayn yeçimlari va turli xil quriliş materiallari kerak. Bilasiz, qariyb 40 yil davom etgan uruş va beqarorlikdan keyin import tovarlarga ehtiyojimiz juda katta. Ayni kunlarda hamkorlik töğrisida kelişuv imzolaşni rejalaştiryapmiz. Şu orqali ikki davlat tadbirkorlari va işbilarmon ayollari örtasida mustahkam hamkorlik, işonçli biznes aloqalarini yölga qöyişni maqsad qilganmiz”, – deydi, Iroq Işbilarmon ayollar kengaşi raisasi Şada Zuayri.

Ta’kidlaş joiz, uşbu mamlakatning yirik aholisi va yuqori iste’mol talabi Özbekiston mahsulotlari uçun katta bozorni anglatadi. Ayniqsa, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va quriliş materiallari kabi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar sohalarida eksport qiliş imkoniyati mavjud.

“Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar toza ya’ni, e’tiborimizni zavod-fabrikalardagi tartib hamda ozodalik, iş jarayonidagi aniqlik tortdi. Hamkorlik aloqasini yölga qöyiş bizga kerak va qiziq. Biroq transport masalasi ya’ni masofa uzoqligi hozirda bizni eng köp qiynayotgan muammolardan biri bölib turibdi”,