Xarkiv şahridagi sud Rossiya harbiy xizmatçisi Sergey Tujilovga nisbatan çiqarilgan hukmni e’lon qildi. U 2024 yil yozida Volçansk şahridagi agregat zavodi hududida ukrain harbiy asirini öldirganlikda ayblangan. 13 yanvar, seşanba kuni sud hay’ati uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi DW muxbiri sud zalidan.
“Ayblov adolatli, — dedi u. — Men bu işni haqiqatan ham qildim. Buning uçun puşaymonman. Bunga çin dildan iqror böldim. Şuning uçun mendan töliq jazo, ya’ni umrbod qamoq talab qilinmasligini sörayman. Qurbonlar qarindoşlaridan qilgan işim uçun uzr sörayman”.
Ayblanuvçi hukm ustidan bir oy içida şikoyat beriş huquqiga ega.
37 yoşli Sergey Tujilov, maxsus çaqiruv nomi — “Altay”, Rossiya Qurolli kuçlarining 69-motoöqçilar diviziyasi tarkibidagi 82-motoöqçi polkning granatomyot bölinmasi qömondoni bölgan. U 2024 yil sentabrda Xarkiv viloyatidagi Volçansk şahrida ukrain harbiylari tomonidan asir olingan. Bir yil ötib, tergov unga harbiy asirlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş va qasddan odam öldiriş böyiça ayblov e’lon qildi.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2024 yil yozida Rossiya harbiylarining Xarkiv viloyatiga hujumi vaqtida Tujilov va boşqa rossiyalik harbiylar Volçansk agregat zavodi hududini egallab olgan. Ayblovga köra, ular şu yerda uç nafar ukrain asirini öldirgan.
Ukraina Boş prokuraturasi idorasi saytida keltirilişiça, asirlardan birini Tujilov boşqa harbiyga otib taşlaşni taklif qilgan, otib taşlaş joyi — zavod hududidagi nazorat-ötkaziş punktini tanlagan va qotillik vaqtida vaziyatni nazorat qilgan. Keyinroq qölga tuşgan yana ikki nafar Ukraina harbiy asiri zavod hududiga olib kelingan va söroqdan söng RF Qurolli kuçlari qömondonligi ularni öldiriş buyruğini bergan.
“Şundan keyin Tujilov boşqa harbiy bilan otiş rejasini oldindan kelişib olgan holda, jinoyatda şaxsan iştirok etgan. Ularning har biri asirlarning boşiga bittadan öq uzgan”, — deyiladi xabarda.
Qurbonlarning jasadlari haligaça topilmagan — ular zavod hududida bölişi mumkin, ammo bu hududga ukrain tomoni kiriş imkoniyatiga ega emas, deb DW’ga ma’lum qildi prokuror Nikita Daleka.
Sud jarayoni 2025 yil yozida boşlangan va avval yopiq tarzda ötkazilgan. Öşa yil oxirida davlat ayblovçisi Tujilov uçun umrbod qamoq jazosini söragan, himoya tomoni esa 15 yillik jazo berişni talab qilgan.












