Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişdagi natijadorlik 44 foizga oşirilib, 1 trln 145 mlrd sömlik tovarlar, 92 mlrd sömga yaqin ekvivalentdagi valuta qimmatliklari va 140 mlrd sömga yaqin zargarlik buyumlari hamda 5960 ta madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga çek qöyildi.

Şuningdek, millat kelajagi va yoşlarning soğlom turmuş tarziga salbiy ta’sir körsatuvçi narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş samaradorligi 2 barobarga oşirilib, 3 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir etuvçi moddalar uşlab qolingan.

Bundan taşqari, 16 mingdan ortiq taqiqlangan materiallar, 50 mlrd sömga yaqin tamaki mahsulotlari, 188 ta öqotar, pnevmatik va sovuq qurollar hamda 5 mingdan ortiq öq-dorilar aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur natijalar bojxona organlari faoliyati harbiy va iqtisodiy yönalişlarni qamrab olgan, yurtimiz mudofaasida muhim ahamiyat kasb etuvçi, katta mas’uliyat va javobgarlik yuklatilgan tizim ekanidan dalolat beradi.

Bayram munosabati bilan prezident farmonlariga muvofiq, 2 nafar xodim yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Tadbir davomida Bojxona qömitasi raisi uşbu mukofotlarni tantanali ravişda topşirgan.

Şuningdek, Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan ötkazilgan «Posboniman muqaddas yurtning» respublika tanlovi hamda «Zakovat» intellektual öyini ğoliblari ham esdalik sovğalar bilan taqdirlangan.