75 ta davlat, xususan Özbekiston fuqarolari uçun 21 yanvardan kuçga kiradigan “viza tanaffusi” – işlaş va yaşaş uçun beriladigan vizalarga amal qiladi. «Bu mamlakatlardan bölgan arizaçilar AQŞ uçun moliyaviy yuk böliş xavfi yuqori», – demoqda Davlat departamenti. Bu taqiq – AQŞga sayohat vizalariga, jumladan 2026 yilgi Jahon çempionatiga bormoqçi bölganlarga taalluqli emas.

AQŞ prezidenti ma’muriyati 75 ta davlat fuqarolari uçun immigratsion vizalar böyiça arizalarni körib çiqişni töxtatmoqda. Bu – Vaşingtonning immigratsiyaga qarşi çoralarni kuçaytirişining bir qismi hisoblanadi.

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibining aytişiça, bu tanaffus ayrim Lotin Amerikasi mamlakatlari, Bosniya va Albaniya kabi Bolqon davlatlari, Pokiston va Bangladeş kabi Janubiy Osiyo mamlakatlari, Özbekiston va Qozoğiston kabi Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afrika, Yaqin Şarq va Karib havzasidagi köplab davlatlar fuqarolariga ta’sir qiladi.

Tanaffus joriy yil 21 yanvardan boşlanadi.

Reuters körgan rasmiy xabarnomaga köra, departament AQŞ vizasiga ariza topşirayotgan barça şaxslar uçun «eng yuqori darajadagi tekşiruv va saralaş»ni ta’minlaş maqsadida barça siyosatlar, qoidalar va körsatmalarni «töliq qayta körib çiqiş» jarayonidan ötkazmoqda.

Viza tanaffusi ta’sir qiladigan davlatlar röyxati (Reuters manbasi keltirgan röyxat):

Afğoniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bangladeş, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya, Braziliya, Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kuba, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Kot-d’Ivuar (Fil suyagi sohili), Yamayka, Iordaniya, Qozoğiston, Kosovo, Quvayt, Qirğiziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Şimoliy Makedoniya, Moldova, Möğuliston, Çernogoriya, Marokaş, Myanma, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Cent-Kits va Nevis, Cent-Lyusiya, Cent-Vinsent va Grenadinlar, Senegal, Serra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tailand, Togo, Tunis, Uganda, Urugvay, Özbekiston va Yaman.