Bugungi geosiyosiy vaziyat şaroitida Yevropaga yuk taşiş xarajatlari ikki baravar oşdi, bu esa Özbekiston işlab çiqaruvçilari mahsulotlarining raqobatbardoşligiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Bu haqda 15 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Bu borada Polşa Yevropa bozorlariga kirib boriş uçun eng asosiy darvoza hisoblanişi, uşbu mamlakatdagi elçimiz logistika xarajatlarini qisqartiriş böyiça takliflar bilan çiqişi kerakligi ta’kidlandi. 

Mutasaddilarga polşalik hamkasblari bilan Brest çegara punktida özbekistonlik yuk taşuvçilar uçun alohida yölak oçiş masalasida kelişuvga erişiş topşirildi. 

Bundan taşqari, mas’ul vazirliklarga Özbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yiğilişini ötkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişiş topşirildi. 

Ruminiyaning Konstansa şahrida savdo uyini taşkil etib, 2026 yilda uşbu davlatga eksportni 2 karra oşiriş muhimligi ta’kidlandi.