Ukraina havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalari yordamida yöq qila olayotgan Rossiya raketalari uluşi sönggi vaqtda qisqargan. Bunday xulosalarni 14 yanvar, çorşanba kuni The Kyiv Independent onlayn-naşri Dragon Capital investitsiya kompaniyasi ekspertlariga tayanib e’lon qildi.
Mualliflar Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari hisobotlarini tahlil qilib, 2026 yil yanvarining ilk ikki haftasida Ukraina Rossiya uçirgan 73 ta raketadan 26 tasini urib tuşirişga muvaffaq bölganini hisoblab çiqqan. Bu 36 foizga töğri keladi. Naşrda qayd etilişiça, 2022 yil oktyabridan beri mazkur sohadagi örtaça körsatkiç 60 foizni taşkil etgan.
12–13 yanvar kunlari keçasi Rossiya tomonidan Ukrainaning bir neça şahriga qilingan havo hujumini qaytariş çoğida, Ukraina Havo kuçlari, öz ma’lumotlariga köra, 18 ta raketadan atigi ikkitasini yöq qilgan, deb yozadi mualliflar.
Şuningdek, yangi yilning ilk ikki haftasida Rossiya Ukrainaga qarşi 1852 ta dron uçirgan, ularning 83 foizi urib tuşirilgan.
Rossiya Ukrainaga hujumlarda dronlar, ballistik, gipertovuşli va qanotli raketalardan foydalanadi, ular asosan mamlakat energetika tizimiga zarba bermoqda. The Kyiv Independent qayd etişiça, bu hujumlarni qaytariş uçun Ukraina raketaga qarşi tizimlar, uşlab qoluvçi dronlar, mobil mudofaa vositalari (pulemyot örnatilgan pikaplar), şuningdek qiruvçi samolyotlar va vertolyotlardan foydalanadi.
Biroq havo mudofaasini samarali olib boriş imkoniyati öq-dorilar zaxirasiga boğliq — jumladan Patriot ZRKda işlatiladigan PAC-3 raketalariga ham. Ukrainada esa bunday raketalar yetişmasligi aytilmoqda. Naşr Ukraina Şarqiy havo qömondonligida xizmat qilayotgan, Free çaqiruv belgisiga ega podpolkovnikning sözlarini keltiradi: “Bizda öz vazifamizni bajariş uçun yetarliça raketa va radarlar yöq”. Uning aytişiça, Ukraina radarlari har kuni duşman tomonidan yöq qilinadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir neça bor Ğarb hamkorlarini Kiyevga HHM sohasidagi yordamni kuçaytirişga çaqirgan.












