Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 2025 yilda sönggi beş yil içida ilk bor qisqardi va 2024 yilda qayd etilgan rekord darajadan past böldi. Bu haqda Reuters agentligi 14 yanvar, çorşanba kuni Xitoy Boş bojxona boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib yozdi.

Uşbu statistikaga köra, 2025 yilda Xitoy—Rossiya tovar ayirboşlaş hajmi 1,63 trln yuanni taşkil etgan (taxminan 201 mlrd yevro). Bu bir yil avvalgiga nisbatan 6,5 foizga kam. Jumladan, Xitoyning Rossiyaga eksporti 9,9 foizga, Rossiyadan import esa 3,4 foizga qisqargan.

Rossiyaning Ukrainaga töliq kölamli harbiy hujumi boşlangandan va Ğarb sanksiyalari joriy etilgandan keyin Rossiya—Xitoy örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi sezilarli darajada oşgan edi.

Ma’lumotdan kelib çiqişiça, savdo hajmining pasayişi Rossiyada Xitoy avtomobillariga talab tuşib ketgani hamda Xitoyning RFdan xom neft import qiliş qiymati arzonlaşgani bilan boğliq.

The Moscow Times naşri Gaydar instituti ma’lumotlariga tayanib yozişiça, utilizatsiya yiğimi oşirilgani va avtokreditlar keskin qimmatlaşgani sababli Xitoydan olib kelingan avtomobillar 2024 yilga nisbatan ikki baravar kam xarid qilingan. Naşrda, şuningdek, Ğarb texnologiyalarining örnini bosiş uçun Xitoydan keltirilayotgan boşqa uskunalar yetkazib beriş ham yillik hisobda 11 foizga kamaygani aytiladi.

Rossiya va Xitoy örtasida savdo hajmining sönggi marta qisqarişi 2020 yilda qayd etilgan bölib, u COVID-19 pandemiyasi oqibatlari bilan izohlangan.

Rossiyaning Xitoyga eksport qilayotgan tovarlari qiymatining asosiy qismini neft, tabiiy gaz va kömir taşkil etadi. Boşqa tovarlar qatorida mis va mis rudalari, yoğoç, yonilği hamda dengiz mahsulotlari bor. Xitoy esa Rossiyaga avtomobillar, traktorlar, kompyuterlar, smartfonlar, sanoat va ixtisoslaşgan uskunalardan tortib, bolalar öyinçoqlari, kiyim-keçak va poyabzalgaça bölgan keng turdagi mahsulotlarni eksport qiladi.