OAV xabarlariga köra, Yaqin Şarqda vaziyat keskinlaşgan bir paytda AQŞ mintaqadagi muhim harbiy bazalardagi şaxsiy tarkibni qisqartirmoqda. Reuters va AFP, şuningdek CNN manbalarga tayanib xabar berişiça, Qatardagi Al-Udeyd aviabazasidan — AQŞning Yaqin Şarqdagi eng muhim harbiy bazasidan ayrim harbiy xizmatçilar va xodimlarga 14 yanvar, çorşanba kuni keçqurungaça vaqtinça çiqib ketiş buyruği berilgan.
Reuters’ga suhbatdoşlardan biri “gap e’lon qilingan evakuatsiya haqida emas, balki rejim (faoliyat tartibi) özgarişi haqida ketyapti”, deb qayd etgan. Qatarning Davlat axborot byurosi OAV xabarlarini tasdiqladi. U X platformasida bergan bayonotda çoralar Eronda aholi ommaviy norozilik namoyişlari bilan boğliq ravişda paydo bölgan “mintaqadagi keskinlik”ka javoban körilayotganini bildirgan.
Qatardagi Al-Udeyd aviabazasida doimiy ravişda taxminan 10 000 nafar harbiy xizmatçi va fuqarolik xodimlari joylaşgan. Baza, şuningdek, mintaqadagi AQŞ qurolli kuçlari uçun qömondonlik markazi vazifasini ham bajaradi. Dpa agentligi qayd etişiça, hozirgi paytda Yaqin Şarqda taxminan 40 000 nafar amerikalik harbiy joylaşgan bölib, ularning köpçiligi harbiy kemalarda xizmat qilmoqda. Bundan taşqari, AQŞning doimiy bazalari Bahrayn, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, şuningdek Iroq, Suriya va Iordaniyada ham bor.
Eronda hukumatga qarşi noroziliklar 2025 yil 28 dekabrdan beri davom etmoqda. Dastlab aholi milliy valuta qadrsizlanişi fonidagi moliyaviy inqirozga qarşi çiqqan, ammo tez orada namoyişçilarning iqtisodiy talablari siyosiy talablarga aylangan.
Noroziliklar mamlakatning 25 viloyatidagi 60 dan ortiq şaharni qamrab olgan. Eng yirik aksiyalar Tehronda, şuningdek, ğarb va janubi-ğarbiy hududlardagi Malekşohi, Kermanşoh, Lordegan şaharlarida bölib ötmoqda. Hukumat namoyişlarni bostirişga kirişgan, biroq voqealar böyiça işonçli ma’lumotlar yöq — bir neça kundan beri mamlakatda internet işlamayapti. Norvegiyada joylaşgan Iran Human Righs (IHR) huquq himoya taşkiloti ma’lumotlariga köra, namoyişlar vaqtida kamida 3428 kişi halok bölgan, 10 mingdan ortiq odam hibsga olingan.
Eronda noroziliklar qattiqqöllik bilan bostirilayotgani fonida AQŞ prezidenti Donald Tramp Tehronga nisbatan bir neçta “juda qattiq” harakat variantlarini körib çiqayotganini aytgan. The New York Times ma’lumotiga köra, harbiylar Trampga Eronga zarba beriş böyiça bir neça ssenariylarni taqdim etgan. Keyinroq Tramp Erondagi namoyişçilarni mamlakatdagi davlat muassasalarini egallaşga çaqirgan. AQŞ, şuningdek, öz fuqarolarini Eronni tark etişga da’vat qilgan. Tehron esa mintaqadagi Amerika harbiy obektlariga javob zarbalari beriş bilan tahdid qilgan.













