Rossiyaning davom etayotgan hujumlari fonida Ukraina energetikasida favqulodda holat rejimi joriy etiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 14 yanvar, çorşanba kuni Telegram’da xabar qildi. U şu kuni energetikadagi favqulodda holatlar mavzusida ötkazilgan yiğiliş yakunlarini keltirar ekan, şunday dedi: “Rossiya zarbalari oqibatlari va ob-havo şaroitining yomonlaşuvi — oğir. Ta’mirlaş brigadalari, energetika kompaniyalari, kommunal xizmatlar elektr va issiqlik ta’minotini tiklaş uçun sutka davomida işlamoqda”.
Zelenskiy sözlariga köra, uçraşuvda Kiyevdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan. Şu bilan birga, şahardagi holatni muvofiqlaştiriş uçun “doimiy işlaydigan” ştab tuzişga qaror qilingan.
Zelenskiyning ma’lum qilişiça, Ukraina hukumati “zarur uskunalar va qöşimça qöllab-quvvatlovni oliş uçun” hamkorlar bilan işni eng yuqori darajada faollaştiradi. Şu bilan birga, Ukrainada zaxira energetika uskunalarini tarmoqqa ulaş jarayonlarining barçasi böyiça deregulyatsiya (talab va tartiblarni soddalaştiriş) ötkaziladi.
“Ukrainaga elektr energiyasi importi hajmini sezilarli oşiriş ustida ham işlayapmiz”, — deya qöşimça qildi prezident.
Zelenskiy ta’kidlaşiça, hukumat juda sovuq ob-havo davrida komendantlik soati qoidalarini ham qayta körib çiqişi kerak böladi.
Şu kuni, 14 yanvarda Kiyev şahar meri Vitaliy Kliçko Telegram’da poytaxtdagi vaziyat “juda oğir” ekanini bildirgan: “Bunday kölam — uruşning 4 yili davomida birinçi marta”.
Uning ma’lumotlariga köra, hozirda Kiyevda taxminan 400 ta köp qavatli turar joy binosi issiqliksiz qolmoqda. Bu uylarning bir qismiga şahar hokimiyati 14 yanvar keçqurungaça issiqlik berişni rejalaştirgandi. 9 yanvar kuni Ukraina poytaxtiga qilingan hujumdan keyin 6000 ta uy issiqlik ta’minotisiz qolgan edi.
“Öng sohilda issiqlik bilan boğliq vaziyat ança barqarorlaşgan. Qiyinroği — şaharning çap sohilida”, — dedi Kliçko. Uning aytişiça, hozir Kiyevda elektr uzilişlarining soatbay jadvali amal qilmayapti, şahar favqulodda uziliş grafiklari böyiça yaşamoqda.
Kliçko DTEK kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, şahar aholisi “hozir taxminan uç soat yoruğlik bilan, ön soatgaça, ayrim joylarda esa undan ham köproq — yoruğliksiz” qolişini aytgan. Uning ogohlantirişiça, avariyaviy öçirişlar davom etadi.
Avvalroq Ukraina energetika vaziri etib tayinlangan Denis Şmixal Kiyev hokimiyatini tanqid qilib, şahar qişga “umuman tayyor bölmagani”ni aytgan.












