Prezident farmoniga köra, barça vazirlik va idoralarda kitobxonlik madaniyatini kuçaytirişga qaratilgan qator çoralar belgilandi.

Jumladan:

  • 2026 yil 1 martga qadar har bir idorada tegişli soha böyiça tavsiya etiladigan kasbiy adabiyotlar röyxati şakllantiriladi;
  • har yili kamida 3 tadan kasbiy xorijiy adabiyot mahalliy naşriyotlar orqali özbek tiliga tarjima qilinib, mutaxassislar iştirokida izohlar, luğat va misollar bilan boyitiş amaliyoti yölga qöyiladi;
  • 2026 yil 1 aprelga qadar idora va tizim taşkilotlarida “Kitob burçagi” taşkil etiladi hamda xodimlar uçun har oy “Kitob öqiş soati” joriy etiladi;
  • kitobxonlik böyiça içki reyting tizimi işga tuşiriladi;
  • tanlov asosida eng köp kitob öqigan xodimga 1 oylik iş haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Şuningdek, eng köp kitob öqigan top-100 talikka kirgan öquvçi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilişi belgilangan.