Tadqiqotçilar qayd etişiça, Aken, Trabits (hozir Kalbe şahrining zamonaviy tumani) va Dersxaym (hozir Ostervik şahrining bir qismi) atrofidagi lagerlar — Germaniya hududida aholi yaşaydigan punktlardan taşqarida joylaşgan rim harbiy qönim joylarining eng şimoliy-şarqiy nuqtalari hisoblanadi. Saksoniya-Anxalt hokimiyati bu topilmani “arxeologik sensatsiya” deb atadi. Topilmaga köp jihatdan ixtiyoriy yordamçilar — arxeologiya yodgorliklari işqibozlari va masofadan zondlaşning zamonaviy texnologiyalari hissa qöşgani aytildi.
Ikki nafar havaskor arxeolog 2020–2024 yillarda bir-biridan mustaqil ravişda sun’iy yöldoş tasvirlari va raqamli fotosuratlarni örganib, törtta ehtimoliy rimliklar lagerini aniqlagan. Keng kölamli geofizik tadqiqotlar va qaziş işlari olingan ma’lumotlarni tasdiqlaşga, hatto ularni kengaytirişga ham yordam bergan. Işlar davomida 1500 dan ortiq buyum topilgan bölib, ularning köpçiligi temirdan yasalgan. Topilgan fibula (kiyim ilgiç) bölaklari va tangalar topilmalarni sanalaşga (davrlaştirişga) yordam bergan.
Topilgan buyumlar va radiouglerod tahlili Aken, Trabits va Dersxaym atrofidagi lagerlar milodiy III asr boşlarida paydo bölganini taxmin qiliş imkonini beradi. Masalan, Trabitsda Rim imperatori Karakallaning denariy tangasi topilgan. Bu esa lager Karakallaning uşbu ölkalarga 213 yildagi yurişi bilan boğliq bölişi mumkinligini körsatadi.
Birinçi Rim imperatori Oktavian Avgust taxminan miloddan avvalgi 13 yillar atrofida Reyn şarqidagi nemis hududlarini Rim imperiyasi tarkibiga qöşişga uringan. Elbagaça bölgan hududni Rim provinsiyasiga aylantiriş urinişlari 30 yildan ortiq davom etgan, ammo muvaffaqiyat qozonmagan. Milodiy 9 yilda Tevtoburg örmonidagi jangda armiyasi mağlub bölganidan keyin rimliklar Reynning şarqidagi hududlardan çekingan.
Keyingi davrda rimliklar bilan nemis qabilalari örtasidagi munosabatlar, asosan, nemislarning Rim imperiyasiga bostirib kirişidan himoyalaniş va turli şartnomaviy kelişuvlar bilan tavsiflangan. Biroq milodiy III asrda nemis hududlarida yangi yirik qabilalar paydo bölgan va 233 yilga kelib ular Rim imperiyasi uçun jiddiy tahdidga aylangan. Rimliklar himoya maqsadida bir neça harbiy kampaniyalar ötkazgan — xususan, imperator Karakallaning 213 yildagi yurişi va Maksimin I Frakiyalikning 235–236 yillardagi yurişlari şular jumlasidan.
Yozma manbalar Rim qöşinlarining Germaniya içki hududlariga qilgan harbiy yurişlari haqida töliq tasavvur bermaydi. Şu paytga qadar Saksoniya-Anxaltda Rim qöşinlarining Elbagaça harakatlanganini tasdiqlaydigan “quriliş” dalillari, jumladan, ana şunday lager izlari mavjud emas edi.











