Ularning Yaqin Şarqqa yetib borişi taxminan bir hafta vaqt olişi kutilmoqda. NYT ma’lumotiga köra, u yerga qöşimça qurol-yaroğ va harbiy texnika ham yetkazilmoqda.

Pentagon hozirça aviataşuvçi guruhining Yaqin Şarqqa köçirilayotganini rasman tasdiqlagani yöq.

Nyu-Yorkdagi BMT Xavfsizlik Kengaşi yiğilişida AQŞ doimiy vakili Mayk Uols Eronga nisbatan Tramp “qonli qirğinni töxtatiş” uçun barça variantlarni körib çiqayotganini aytib, harbiy keskinlaşuv ehtimolini tilga oldi. U bu bilan Eron hokimiyatining namoyişlarni qattiqqöllik bilan bostirişini nazarda tutdi. “Prezident Tramp — çeksiz gap-sözlarni emas, amaliy işni tanlaydigan odam”, — dedi Uols.

Avvalroq Donald Tramp Eronda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyişlariga izoh berib, namoyişçilarni davlat muassasalarini egallaşga va “qotillar hamda zöravonlarning ismlarini” yodda saqlab qolişga çaqirgan. “Yordam allaqaçon yölga çiqqan”, — dedi Oq uy rahbari. Şuningdek, AQŞ prezidenti Vaşington Tehronga nisbatan bir neçta “juda qattiq” harakat variantlarini körib çiqayotganini aytgan.

Eronda hukumatga qarşi namoyişlar 2025 yil 28 dekabrdan beri davom etmoqda. Avvaliga mamlakat aholisi milliy valuta qadrsizlanişi fonidagi moliyaviy inqirozga qarşi çiqqan, ammo tez orada iştirokçilarning iqtisodiy talablari siyosiy talablarga aylangan.

Noroziliklar mamlakatning 25 ta viloyatidagi 60 dan ortiq şaharni qamrab olgan. Eng yirik aksiyalar Tehronda, şuningdek, Eronning ğarbi va janubi-ğarbidagi Malekşaxi, Kermanşax, Lordegan şaharlarida bölib ötgan. Hokimiyatlar çiqişlarni bostirişni boşlagan, biroq sodir bölayotgan voqealar haqida işonçli ma’lumotlar kam — bir neça kundan beri mamlakatda internet işlamayapti. Norvegiyada joylaşgan Iran Human Righs (IHR) huquqni himoya qiliş taşkiloti ma’lumotiga köra, namoyişlar davomida kamida 3428 kişi halok bölgan, 10 mingdan ortiq odam uşlangan.