Toşkent şahrining Çilonzor tumanida jangovar öq-dorilarni noqonuniy ravişda pullaşga uringan erkak uşlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi 5,45 mm kalibrli 22 dona jangovar patronni 1 300 dollarga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Uşlangan şaxs muqaddam Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida portlatuvçi haydovçi bölib işlagani ma’lum bölgan. U öq-dorilarni avval özi bilan birga xizmat qilgan harbiydan 10 million sömga sotib olganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi (Öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalarni yoki portlaş qurilmalarini ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Mazkur modda böyiça aybdor deb topilgan şaxslar 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.