Ukraina Rossiya boşlagan uruşni yakunlaşga tösiq emas, deb bayonot berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Bu haqda u payşanba kuni, 15 yanvarda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatidan söng e’lon qilingan videomurojaatida aytdi. Şu tariqa Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampning yaqindagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Biz Amerika bilan diplomatik iş haqida ham gaplaşdik — Ukraina heç qaçon tinçlikka tösiq bölmagan va heç qaçon bölmaydi”, — dedi Zelenskiy Ryutte bilan suhbatini nazarda tutar ekan.

Bir kun avval Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida Ukraina, Rossiyadan farqli ravişda, “tinçlik kelişuviga kamroq tayyor” ekanini aytgan edi. Nega AQŞ rahbarligidagi muzokaralar tört yillik uruşni tugatişga olib kelmagani haqidagi savolga Tramp “Zelenskiy”, deb javob bergan, ammo tafsilotlarni aniqlaştirmagan.

Ukraina rahbarining sözlariga köra, RFning Ukrainaning energetika infratuzilmasiga davom etayotgan hujumlari Moskva tinçlikni xohlamayotganini namoyon qiladi. “Aynan Rossiya raketalari, Rossiya dronlari, uçuvçisiz apparatlari va Rossiyaning Ukrainani yöq qilişga urinişi — Rossiya umuman kelişuvlarga qiziqmasligining yaqqol isbotidir”, — dedi Volodimir Zelenskiy.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 15 yanvar kuni Donald Trampning fikriga qöşilişini bildirdi. “Bu fikrga qöşiliş mumkin, bu haqiqatan ham şunday. Prezident Putin va Rossiya tomoni öz oçiqligini saqlab qolmoqda”, — dedi u.

2025 yil dekabrida Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berişiça, AQŞ razvedkasi bahosiga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin omma oldida tinçlik kelişuvi tuziş istagi haqidagi bayonotlariga qaramay, hali ham Ukraina butun hududi ustidan nazorat örnatişga intilyapti.

Reuters manbalariga köra, amerikalik razvedkaçilarning xulosalari köp jihatdan Yevropa maxsus xizmatlarining baholari bilan hamohang.

Yevropa siyosatçilari bir neça bor Rossiya prezidenti tinçlikka qiziqmasligini ta’kidlab kelgan. Xususan, Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful dekabr boşida Putin Ukraina bilan tinçlik muzokaralarini boşlamaslik uçun izçil ravişda bahonalar izlayotganini aytgan edi.