Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti beş yilga qamaldi

Janubiy Koreyada sud juma kuni, 16 yanvarda, mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm 2024 yil dekabr oyida uning harbiy holat joriy etişga urinişi bilan boğliq bir qator ayblovlar asosida çiqarilgan.

Seul markaziy okrug sudi Yunni prezident qöriqlaş xizmatini işga solib, harbiy holat e’lon qilinişi holatlari böyiça tergov doirasida sud tomonidan qonuniy berilgan hibsga oliş orderining ijro etilişiga tösqinlik qilganlikda aybdor deb topdi.

Televizor orqali jonli namoyiş etilgan sud majlisi davomida sud sobiq prezidentni, şuningdek, rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş va harbiy holat joriy qiliş uçun qonun talab qiladigan majburiy tartib-taomillarga rioya qilmaslikda ham aybdor deb topdi.

Bu — Yunga nisbatan harbiy holat joriy etişga omadsiz urinişi munosabati bilan qözğatilgan sakkizta jinoyat işi böyiça çiqarilgan ilk sud qaroridir. Raislik qiluvçi sudyaga köra, ayblanuvçi prezident lavozimini suiiste’mol qilgan va qonuniy sud qarorlarining ijro etilişiga yöl qöymaslikka uringan.

Alohida bir sud jarayonida Yunga harbiy holat yetarli asoslarsiz e’lon qilingani bilan boğliq isyon taşkil qiliş ayblovi qöyilişi mumkin, bu böyiça unga hatto ölim jazosi tahdid qilişi ehtimoli bor. Yunning özi esa prezident vakolatlari doirasida harakat qilganini va muxolifat partiyalari hukumat işini tösib qöyayotganiga e’tibor qaratişni közlaganini aytadi.

Ğazo sektori: “Tinçlik kengaşi” rahbariyati tarkibi aytildi

Oq uy saytida juma kuni, 16 yanvarda e’lon qilingan press-relizga köra, Ğazo sektorida tinçlik örnatiş jarayonida muhim rol öynaşi kerak bölgan “Tinçlik kengaşi” tuzilmasining ijroçi kengaşi tarkibiga, boşqalar qatorida, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning maxsus elçisi Stiven Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner, Jahon banki rahbari Ajay Banga, Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler kiradi.

Hujjatda ta’kidlanişiça, “Tinçlik kengaşi” Ğazo sektori böyiça Trampning 20 banddan iborat rejasini amalga oşirişni kafolatlaşi kerak: strategik nazoratni olib boriş, xalqaro resurslarni safarbar qiliş va Ğazo sektori “nizodan tinçlik va taraqqiyotga” ötayotgan davrda hisobdorlikni ta’minlaş orqali. Bu organ raisi sifatida Donald Trampning özi körsatilgan.