Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga köra, 2025 yilda mahalliy va import işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,2 foizga ösib, qariyb 370 ming donaga yetgan. Şarhda bozor segmentlaridagi özgarişlar, jumladan elektromobillar bozoridagi faollaşuv alohida ta’kidlangan.

Hududlar kesimida birlamçi bozorda eng yuqori ösiş quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Sirdaryo viloyati — 45 foiz;
  • Toşkent viloyati — 36 foiz;
  • Namangan viloyati — 26 foiz;
  • Qaşqadaryo viloyati — 21 foiz.

Şu bilan birga, yil davomida yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi hajmi Toşkent şahri, şuningdek Navoiy va Xorazm viloyatlarida kamaygani kuzatilgan.

Tahlilga köra, 2025 yilda mahalliy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar segmentida savdo hajmi 315 ming donadan oşgan. Xorijiy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi esa taxminan 53,3 ming donani taşkil etgan.

Markaz ma’lumotlariga köra, 2025 yilda yangi elektromobillar sotuvi 35 foizga ösib, 40,7 ming donaga yetgan. Qayd etilişiça, aynan uşbu segment bozorning umumiy ösişiga sezilarli turtki bergan.

Elektromobillar savdosi hududiy jihatdan yuqori darajada jamlangan:

  • asosiy uluş Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan — 29 mingta elektromobil (umumiy hajmning 71 foizi);
  • keyingi örinlarda Samarqand viloyati, Toşkent viloyati va Qaşqadaryo viloyati qayd etilgan.