Hayotimiz davomida köp narsani keyinga qoldiramiz. Yaqinimizga qönğiroq qilişni, ikki oğiz suhbatni, arzimas istaklarni bajarişni ham ortga suramiz. Hali vaqt borligiga işonamiz. Bugun «5 daqiqa» da Ötkir Hoşimovning «Dunyoning işlari» asari haqida gaplaşamiz. Uşbu kitob öqib tugatilganidan keyin ham ongingizda yaşay boşlaydi.

«Dunyoning işlari» bir qaraganda xotiralar majmuasi, parça-parça voqealar yiğindisidek tuyuladi. Biroq asardagi har bir hikoya, har bir epizod mustaqil holda öqilişi mumkin, ularning barçasi yagona ma’naviy markazga — ona obraziga böysundirilgan. Bu yerda onaga qahramon sifatida emas, hayot manbai sifatida qaraladi.

Bolalik — muallif uçun eng sof, eng rost davr. «Oq, oydin keçalar» orqali öquvçi ona va bola örtasidagi munosabatning ilk şaklini köradi. Ona bolaga hayotni örgatmaydi, balki uni his qilişni anglatadi. Oy va yulduzlar, tun va sukut — bular şunçaki tabiat manzarasi emas, balki bola qalbiga joylanayotgan birinçi ma’naviy tuşunçalardir. Ona yulduzni yetim deb ataganida, bola ongida rahm-şafqat va yöqotiş tuşunçalari şakllana boşlaydi.

Onalar ölmaydi…

Asarning «Tasalli» qismida ona vafoti bilan inson hayotidagi eng oğir uziliş tasvirlanadi. Qabriston, yomğir, quyoş va görkovning sözlari — bularning barçasi inson özini aldaş uçun topadigan tasallilardir. Ammo içki dard bitta: ona tirik paytida aytilmagan minnatdorlik.

Kitobda ona ölimidan keyin ham hayotdan çiqib ketmaydi, u farzandining ongida çiroq kötarib yuradi. Bu çiroq — vijdon ramzi. Muallif keç qaytişlarini, beparvolikni, onaning tunlari uyqusiz qolişi sababini ortiga qarab anglaydi. Bu yerda asar zamonaviy inson muammosini kötaradi: iş, yiğin, döstlar bahonasida ota-onaga ajratilmay qolgan vaqt — keyin örni tölmaydigan yöqotişlardir.

Ona nafaqat öz farzandlari, balki butun mahalla, butun jamiyat oldida mas’uliyat his qiladi. Uning «qarzi» — pul bilan ölçanmaydigan qarz. U köçada yiğlayotgan begona bolaga ham rahm qiladi, bağriga bosib odamiylik darsini beradi. Uning uçun yiğlayotgan bolaning «begonasi» yöq. Bu holatda ona butun bir avlodning vijdoni sifatida namoyon böladi.

Vaqt unçalik köp emas

Asardagi «Gilam paypoq» hikoyasini har safar öqiganimda, yuragim oğriydi. Ona bu işni qahramonlik deb bilmaydi. U faqat ona bölgani uçun şunday qiladi. Qişning qoronği sovuğida, yupqa kalişni oyoğiga ilgança bolasini tabibga olib çopadi. Va bir umrlik kasallikni orttirib oladi. Keyinçalik farzand olib kelgan gilam paypoqlar — keçikkan minnatdorlik, keç anglangan haqiqat ramziga aylanadi.