AQŞ prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi va Ğazo sektori uçun möljallangan tinçlik rejasini hayotga tatbiq etiş maqsadida tuzilgan “Tinçlik kengaşi”ning amal qiliş doirasini Ukraina, Venesuela va dunyodagi boşqa inqirozli mintaqalarga ham kengaytirişni amerikalik amaldorlar taklif qilmoqda. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi manbalarga tayanib juma kuni, 16 yanvarda yozdi.
Naşr ma’lumotiga köra, tegişli reja 20 yanvar kuni oçiladigan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi (JIF)da taqdim etilişi mumkin.
FT bilan 16 yanvar kuni suhbatda ismi oşkor etilmagan AQŞ amaldori aytişiça, hozirgi bosqiçda Tramp nazoratidagi “Tinçlik kengaşi” Falastin-Isroil ziddiyatiga — Ğazo sektoridagi mojaroga e’tiborni jamlaşi va boşqa yönalişlarga kengaytirilmasligi kerak.
Şunga qaramay, maqolada aytilişiça, ğarb va arab diplomatlari bunday istiqbol tufayli xavotir bildirmoqda. Xususan, ular “Tinçlik kengaşi” BMT bilan parallel işlaydigan qandaydir alohida tuzilmaga aylanib qolişidan qörqmoqda.
Şu tariqa, diplomatik manbalar FT’ga AQŞ amaldorlari “Tinçlik kengaşi” faoliyatini Venesuelaga ham tatbiq etişni taklif qilganini aytgan. Venesuela AQŞ armiyasi uşbu mamlakat rahbari Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça operatsiya ötkazganidan beri inqiroz holatida ekani ta’kidlanadi.
Ukraina masalasida esa, FT’ga AQŞ bilan muzokaralarda qatnaşayotgan Kiyevning yuqori lavozimli amaldori aytişiça, Tramp rahbarligidagi alohida “Tinçlik kengaşi” Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş böyiça takliflarning muhim qismi hisoblanadi. “Hozirda bu kengaşni aynan Ukraina-Rossiya masalasini hal qiliş uçun maxsus tuziş taklif qilinmoqda”, — deya FT suhbatdoşidan iqtibos keltiradi.
Uning sözlariga köra, Ukraina uçun möljallangan “Tinçlik kengaşi” tarkibiga Ukraina, Rossiya, Yevropa va NATO vakillari kirişi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “90 foizga tayyor” deb atayotgan 20 bandli tinçlik rejasining bajarilişini nazorat qilişi mumkin.
Şu bilan birga, Moskva öz talablaridan voz keçişga tayyor emas. Tomonlar örtasida haligaça murosa topilmagan masalalardan biri — Ukrainaning ehtimoliy hududiy yon bosişi. Kiyev buni maqbul deb hisoblamaydi.












