Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga tabiiy gaz yetkazib berişni boşladi, deb xabar qildi juma kuni, 16 yanvarda Socar davlat energetika konserni. Gaz Yevropaga Transadriatik gaz quvuri (TGQ) orqali keladi — u Gretsiya–Turkiya çegarasidan boşlanib, Gretsiya va Albaniya orqali Italiyaning janubigaça yetib boradi. U yerdan yoqilği yana şimolga — Avstriya va Germaniyaga taşiladi.
Socar’da ta’kidlaşlariça, Italiya orqali Avstriya va Germaniyaga yetkazib berişlar Ozarboyjon gazining Yevropadagi eksport geografiyasini kengaytiradi. Yangi bozorlarga çiqiş bilan Ozarboyjon gazini import qilayotgan davlatlar soni 16 taga yetdi.
Ozarboyjon gaziga talab Yevropa mamlakatlari Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan keyin Rossiyadan yetkazib berişga boğliqlikni kamaytirişga intilayotgani fonida oşdi. Iyun oyida Socar Germaniyaning Sefe energetika holdingi bilan har yili 1,5 mlrd kub metr gaz yetkazib berişni nazarda tutuvçi ön yillik şartnoma tuzgan.
Sefe avval Gazprom Germania deb atalgan va 2022 yildagi energetik inqiroz avjida Germaniya hukumati tomonidan bankrotlikdan qutqarib qolingan.
Socar’dagi manbaning sözlariga köra, Avstriyaga yiliga 1 mlrd kub metrgaça gaz yetkazib beriş mumkin. 2025 yilda Ozarboyjon gazining Yevropaga umumiy eksporti 12,8 mlrd kub metrni taşkil etgan. Qayd etilişiça, yetkazib berişni yanada oşiriş investitsiyalar va quvur infratuzilmasining ötkaziş quvvatini kengaytirişga boğliq böladi.












