Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar körmagan elektr stansiyalari qolmaganini yangi energetika vaziri Denis Şmixal juma kuni, 16 yanvarda Oliy radada çiqiş qilib ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, 2025 yilda Rossiya armiyasi Ukraina energetika tizimiga qarşi “612 ta maqsadli hujum” amalga oşirgan, natijada “minglab megavatt generatsiya işdan çiqqan”.
Şunga qaramay, “Suspilne” ukrain naşri vazir sözlarini keltirib yozişiça, energetika tizimi butunligiça saqlanib qolmoqda, biroq elektr iste’moliga jiddiy çeklovlar joriy etilgan. Naşr ma’lumotlariga köra, eng oğir vaziyat Kiyev şahri va Kiyev viloyatida, şuningdek Odessa, Dnipropetrovsk, Xarkiv hamda frontga yaqin barça viloyatlarda saqlanib qolmoqda. Umuman, mamlakat böyiça elektr ta’minoti holatini Şmixal “murakkab” deb atagan.
Şu munosabat bilan Taşqi işlar vazirligi va Energetika vazirligi “energetik Ramştayn”ni çaqiriş niyatida, deb xabar qildi Ukraina taşqi işlar vaziri Andriy Sibixa 15 yanvar kuni Facebook sahifasida. Uning aytişiça, TIV Yevropa ittifoqçilari bilan energetika infratuzilmasini tiklaş uçun qöşimça mablağlarni jalb etiş ustida iş olib bormoqda.
Kiyevda ötgan hafta va joriy haftadagi Rossiyaning keng kölamli zarbalaridan keyin şaharning katta qismi elektr ta’minoti va issiqliksiz qolgan. 15 yanvar kuni taxminan 300 ta köp qavatli uyga elektr uzatilmagan.













