Donald Tramp ma’muriyati «Tinçlik kengaşi» (Board of Peace) deb nomlanadigan yangi xalqaro organda doimiy örin egallaşni istagan davlatlardan kamida bir milliard dollar miqdorida badal söramoqda, deb yozadi Bloomberg nizom loyihasiga tayanib.

Tinçlik kengaşini tuziş masalasi Ğazo sektorida öt oçiş töxtatilganidan beri muhokama qilinmoqda. Öşanda Trampning rejasiga köra, sulhning ikkinçi bosqiçida Ğazoni boşqariş uçun Trampning özi boşçiligidagi maxsus xalqaro organ – Tinçlik kengaşiga hisobdor bölgan Falastin muvaqqat qömitasi tuzilişi közda tutilgandi.

Tinçlik kengaşi nizomida aytilişiça, har bir taklif qilingan davlatning a’zolik davri uç yildan köp bölmaydi. Ammo birinçi yil içida Kengaşning pul jamğarmasiga bir milliard dollardan ortiq mablağ qöyganlarga bu çeklov qöllanmaydi.

Amerikalik rasmiylardan biri jurnalistlarga Tinçlik kengaşiga kiriş bepul bölsa-da, milliard dollarlik badal doimiy a’zolikni kafolatlaşini tasdiqlagan. Bloomberg manbasining sözlariga köra, mablağlar Kengaşning Ğazoni tiklaş böyiça mandatini bajarişga yönaltiriladi. Uning sözlariga köra, Tinçlik kengaşi «yiğilgan deyarli har bir dollar»dan maqsadli foydalanişni ta’minlaydi.

Tinçlik kengaşining birinçi raisi Trampning özi böladi. U yerga kimni taklif qilişni özi hal qiladi, deb yozadi Bloomberg. Qarorlar köpçilik ovoz bilan qabul qilinadi (bir mamlakat – bir ovoz), biroq bu qarorlarning barçasi rais tomonidan tasdiqlanişi kerak böladi. Kengaş ovoz berişni yiliga kamida bir marta, şuningdek, «rais ma’qul deb topgan qöşimça muddatlarda va joylarda» ötkazadi. Kun tartibini ham rais tasdiqlaydi. Bundan taşqari, Tramp kengaş a’zolarini çiqarib yuboriş huquqiga (agar bu qaror ovozlarning uçdan ikki qismi bilan bloklanmasa) ega böladi, deyiladi nizom loyihasida.

Hujjatda Tinçlik kengaşi «barqarorlikka kömaklaşiş, işonçli va qonuniy boşqaruvni tiklaş hamda mojarolar ta’sir körsatgan yoki tahdid ostida bölgan hududlarda mustahkam tinçlikni ta’minlaşga intilayotgan xalqaro taşkilot» deb ta’riflangan. Trampning tanqidçilari esa AQŞ prezidenti BMTga muqobil yoki raqobatçi yaratişga urinayotganidan xavotirda. Bir qator davlatlar uşbu kengaş nizomi loyihasiga keskin qarşi çiqmoqda va bu takliflarga kollektiv javob beriş ustida işlamoqda, deb yozadi Bloomberg. Bu qaysi davlatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

16 yanvar kuni Oq uy Ğazoni boşqariş böyiça ijroiya qömitasi tarkibini e’lon qildi (u yangi Tinçlik kengaşining kengroq tuzilmasi doirasida tuziladi). Bu tuzilmadan AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Yaqin Şarq böyiça maxsus vakil Stiv Uitkoff, AQŞ prezidenti kuyovi Jared Kuşner hamda Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler örin olgan.