Yanvar oyining uçinçi ön kunligi sovuqroq va namgarçiliklarga boy ötişi kutilmoqda. 22 yanvar kuni navbatdagi qorlarning guvohi bölamiz. Andijon va Namanganda ham yerlarni oqartiruvçi qor yoğişi kutilmoqda.
Sibir antitsiklonining bir çekkasi yanvarning uçinçi ön kunligi uçun mintaqa ob-havosini belgilab, bu kabi pozitsiyada şakllangan atmosfera jarayoni Özbekiston uçun yanvarning uçinçi dekadasi biroz sovuq va namgarçil ötişini ta’minlaydi.
Yanvarning uçinçi ön kunligida katta qişloq xöjaligi yer maydonlari haqiqiy qişki tinim davriga kiradi. Köplab hududlarda sutkalik havo harorati nol darajadan pasayişi köp kuzatiladi. Tungi muddatlarda ayrim davrlarda harorat minimumi -10 daraja sovuqdan ham pastlaydi.
Yanvarning uçinçi dekadasida ikkita nam havo oqimi mintaqaga kirib kelişi mumkin. Birinçi namlik 21-22 yanvar kunlari, ikkinçi namlik 26-27 yanvar sanaliriga töğri kelişi mumkin. Uşbu kunlarda hududlarda köproq qor hodisasi kuzatiladi. Asosiy qorlar 22 yanvar kuni kuzitilişi oydinlaşmoqda











