Keskinlaşgan AQŞ–Yevropa munosabatlari, Ispaniyada töqnaşgan tezyurar poyezdlar va Gvatemalada 30 kunlik qamal – kun dayjesti
|21:00 / 19.01.20263 7399 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Erondagi namoyişlar
Eron AQŞning har qanday zarbasi Tehron tomonidan «qattiq javob» bilan qarşi olinişi haqida ogohlantirdi.
«Tehronning har qanday adolatsiz tajovuzga javobi qattiq va afsusli böladi», deb yozdi Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon. U şuningdek, mamlakatning oliy rahbariga qilingan har qanday hujum «butun xalqqa qarşi keng kölamli uruşga teng» ekanini qöşimça qildi.
Bu bayonot mamlakat böylab norozilik namoyişlarida kamida 5 ming kişi, jumladan, 500 nafar xavfsizlik xodimi halok bölgani aytilganidan keyin yangradi.
Ötgan oy Tehrondagi katta bozorda iqtisodiy şikoyatlar sabab boşlangan noroziliklar tezda siyosiy tus oldi va butun mamlakat böylab yoyildi. AQŞ prezidenti Donald Tramp bir neça bor aralaşiş bilan tahdid qilgandi.
Juma kuni Tramp ijtimoiy tarmoqdagi posti orqali Tehron rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va 800 kişining rejalaştirilgan qatl jazolari bekor qilinganini yozdi. U AQŞning harbiy aktivlarini mintaqaga köçirgan, biroq qanday qadam taşlaşi aniq emas.
Ötgan hafta bostirilgan namoyişlar hozir deyarli töxtagan. Ön minglab odam hibsga olingani aytilmoqda.
Ispaniyada poyezdlar töqnaşdi
Yakşanba kuni Ispaniya janubida yuqori tezlikdagi poyezd relsdan çiqib, qarama-qarşi yönalişda kelayotgan boşqa poyezd bilan töqnaşdi. Töqnaşuv natijasida ikkinçi poyezd ham relsdan çiqib, temiryöl yonbağridan pastga quladi. Politsiyaga köra, kamida 21 kişi halok bölgan.
Davlat kompaniyasiga tegişli ikkinçi poyezd töqnaşuv paytida taxminan 200 km/soat tezlikda bölgan. Relsdan çiqqan birinçi poyezd qançalik tezlikda bölgani noma’lum.
Hodisa Kordoba viloyatidagi Adamuz şahri yaqinida sodir böldi. Bundan taşqari, yuzdan ortiq inson şifoxonaga yotqizilgan, ularning 15 nafari oğir ahvolda.
«Töqnaşuv kuçi nihoyatda katta bölgan… yana jasadlar topiliş ehtimoli bor», dedi Andalusiya mintaqaviy hukumati rahbari Xuanma Moreno.
Mavzuga oid
Ikki poyezdda jami taxminan 400 yölovçi bölgan, ularning aksariyati dam olişdan keyin Madridga qaytayotgan yoki undan qaytayotgan fuqarolar edi.
Rasmiylar töqnaşuv sabablarini hozirça aniqlamagan, ular «töğri uçastkada relsdan çiqiş juda ğalati ekani»ni ta’kidlamoqda.
Grenlandiya mojarosi
AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 fevraldan boşlab Yevroittifoq a’zolari — Daniya, Şvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Finlandiya, şuningdek, Buyuk Britaniya va Norvegiyaga nisbatan ortib boruvçi bojlar tölqinini joriy etişga va’da berdi. Bu çoralar AQŞga Grenlandiyani sotib olişga ruxsat berilmagunça amal qilişi aytildi. Yevropa bu qadamni şantaj deb qoraladi.
Yevropaliklar bojlar joriy etişdan qaytariş sa’y-harakatlarini kuçaytiriş böyiça kelişuvga erişdi. Şu bilan birga, agar bojlar baribir kuçga kirsa, javob çoralarini tayyorlaşga ham kelişib olgan.
Xususan, payşanba kuni Bryusselda bölib ötadigan favqulodda sammitda turli variantlar muhokama qilinişi kutilmoqda. Variantlardan biri — 93 mlrd yevro miqdoridagi AQŞ importiga bojlar paketi bölib, u 6 fevraldan avtomatik kuçga kirişi mumkin.
Yana bir variant — hozirgaça heç qaçon qöllanmagan «Majburlaşga qarşi instrument». U davlat xaridlari, investitsiyalar yoki bank faoliyatiga kirişni çeklaşi, şuningdek, raqamli xizmatlar savdosini çeklaşi mumkin.
Daniya taşqi işlar vaziri Lars Rasmussen diplomatiyaga e’tibor qaratişda davom etilişini aytdi: «AQŞ faqat prezidentdan iborat emas. Men hozirgina u yerda böldim. Amerika jamiyatida ham muvozanat va tormozlar mavjud», deya qöşimça qildi u.
Germaniyalik xristian-demokrat deputat Juergen Hardtning aytişiça, Grenlandiya masalasida «Trampni huşiga keltiriş» uçun sönggi çora sifatida AQŞ mezbonlik qilayotgan futbol böyiça Jahon çempionatini boykot qiliş ham muhokama etilişi mumkin.
Gvatemalada 30 kunlik qamal e’lon qilindi
Gvatemala prezidenti Bernardo Arevalo yakşanba kuni 30 kunlik qamal holati e’lon qildi.
Mahbuslar bir neça kun avval muvofiqlaştirilgan qözğolon kötarib, qamoqdagi töda yetakçilaridan imtiyozlar olib taşlanganiga norozilik sifatida uçta qamoqxona ustidan nazoratni egallagandi.
Şundan söng politsiya Renovacion qamoqxonasiga bostirib kirib, u yerda garovga olingan qöriqçilarni ozod etdi. Yakşanbaga kelib, maxsus bölinmalar 3 ta qamoqxona va ularda garovga olingan 40 dan ortiq politsiyaçini jinoyatçilar qölidan ozod qildi.
Bunga javoban qamoqda saqlanayotgan töda yetakçilari taşqaridagi a’zolariga qasos hujumlarini uyuştirişni buyurgan. Natijada poytaxtda gumon qilinayotgan töda a’zolari tomonidan yetti nafar politsiyaçi öldirildi.
Şundan söng Gvatemalada 30 kunlik qamal e’lon qilindi.
«Ular davlatni öz talablarini qabul qildiriş uçun qamoqxonalarda isyon kötardi va garovga oldi. Bu talablar önlab yillar davomida qondirib kelingan», dedi prezident. Uning aytişiça, qamoqxonalar qayta nazoratga olinganidan keyin sodir bölgan hujumlar «xavfsizlik kuçlari va aholini qörqitib, hukumatni tödalarga qarşi qat’iy kuraşdan qaytarişga uriniş» bölgan.
Qamal holatida ayrim konstitutsiyaviy huquqlar çeklanişi mumkin. Prezident bu çoralar xavfsizlikni ta’minlaş va tödalarga qarşi hukumatning barça resurslarini işga soliş imkonini beriş uçun zarur ekanini aytdi.
Rossiya–Ukraina uruşi
Kreml tomonidan tayinlangan mahalliy rahbarning aytişiça, Rossiya bosib olgan Zaporijjya viloyatida 200 mingdan ortiq xonadon yakşanba kuni elektrsiz qolgan.
Yevgeniy Balitskiy deyarli 400 ta aholi punktida Ukraina dron zarbalari tufayli elektr ta’minotidan uzilganini bildirdi.
Alohida holatda Ukraina droni parçalari Şimoliy Osetiyadagi beş qavatli turar joy binosiga qulagani ma’lum qilindi. Oqibatda tunda ikki bola va bir nafar katta yoşli şaxs jarohatlangan, dedi rasmiylar.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati esa Rossiya ham yakşanbaga ötar keçasi Odessa viloyatidagi energetika infratuzilmasiga zarba berganini ma’lum qildi. Natijada yonğin çiqqan, biroq u tezda öçirilgan.
Rasmiylarga köra, Rossiya hujumlari oqibatida Dnepropetrovsk viloyatida kamida olti kişi jarohatlangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, tunda mamlakat böylab amalga oşirilgan hujumlarda 6 hudud nişonga olingan va ikki kişi halok bölgan.
Şu kunlarda Ukraina delegatsiyasi AQŞ rasmiylari bilan uruşdan keyingi xavfsizlik kafolatlari va iqtisodiy tiklanişga oid tinçlik kelişuvi hujjatlarini yakunlaşga harakat qilmoqda.
Agar AQŞ rasmiylari bu takliflarni ma’qullasa, hujjatlar kelasi hafta Şveytsariyada ötadigan Jahon iqtisodiy forumida imzolanişi mumkin.
Suriyada yangi sulh
18 yanvar kuni Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a Suriya hukumati va Suriya Demokratik kuçlari örtasida keng qamrovli sulh va töliq integratsiya böyiça kelişuv e’lon qildi. Hujjat mamlakatning şimoli-şarqida davlat hokimiyatini tiklaşga qaratilgan çoralarni nazarda tutadi.
SANA agentligi e’lon qilgan şartlarga köra, kelişuv hukumat kuçlari va SDF örtasidagi barça frontlar va aloqa çiziqlarida darhol va töliq sulhni közda tutadi.
Bitim SDFʼga aloqador barça harbiy tuzilmalarning Furot daryosi şarqidagi hududlarga parallel ravişda olib çiqilişi bilan bir vaqtda kuçga kiradi.
Kelişuvga muvofiq Dayr az-Zor va Raqqa viloyatlari ma’muriy va harbiy jihatdan töliq va zudlik bilan Suriya hukumati nazoratiga ötkaziladi. Bu ikki viloyatdagi barça fuqarolik muassasalari va obektlar ham davlatga topşiriladi.
Uşbu hududlardagi amaldagi taşkilotlar xodimlari ham Suriyaning tegişli davlat vazirliklari tarkibida rasman saqlab qolinadi.
Kelişuv doirasida Suriya hukumati mintaqadagi barça çegara ötiş punktlari hamda neft va gaz konlari ustidan nazoratni öz zimmasiga oladi. Uşbu obektlar daromadlarning davlat budjetiga qaytişini ta’minlaş maqsadida Suriya kuçlari tomonidan qöriqlanadi.
Çilida örmon yonğinlari
Yakşanba kuni Çili markaziy hududlarini qamrab olayotgan örmon yonğinlari oqibatida kamida 18 kişi halok böldi. Mamlakat prezidenti Gabriel Borik qurbonlar soni yana oşişi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidladi.
Yakşanba kuni ham Biobio va Nubl hududlarida 33 ta örmon yonğini keng maydonlarni qamrab olgan holda yonişda davom etgan. Milliy örmon xöjaligi korporatsiyasi va favqulodda xizmatlar alangani jilovlaşga urinmoqda.
Borikning aytişiça, yonğinlarning «oğirligi sababli» va ularni bartaraf etiş, logistika hamda xavfsizlik çoralarini yengillaştiriş maqsadida ayrim hududlarda komendantlik soati joriy etildi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, Biobio hududida 300 ta uy vayron bölgani tasdiqlangan.