Xususan, Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov Polşa davlat kotibi Yatsek Çernyak hamda Çexiya qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Jindřich Fialka bilan ikki tomonlama muloqotlar ötkazdi.

Uçraşuvlarda ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari örtasida qöşma loyihalarni rivojlantiriş, ilmiy salohiyatni birlaştiriş orqali zamonaviy yeçimlarni amaliyotga joriy etiş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Şuningdek, raqamli texnologiyalar, “aqlli qişloq xöjaligi” yeçimlari, veterinariya va karantin tizimlarini takomillaştiriş, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlaş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Muloqotlar davomida innovatsion tajribalarni özaro almaşiş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport-import jarayonlarini rivojlantiriş orqali özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilişiça, mazkur uçraşuvlar Özbekiston va Yevropa mamlakatlari örtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, istiqbolda qöşma loyihalar kölamini kengaytiriş yölida muhim amaliy qadam sifatida baholanmoqda.