AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekistonni ham Ğazo sektori böyiça xalqaro Tinçlik kengaşidan doimiy örin olişga taklif etdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev nomiga AQŞ prezidenti Donald Trampdan «Yaqin Şarqda tinçlikni mustahkamlaş va mojarolarni hal etiş böyiça xalqaro taşabbusga qöşiliş» haqida rasmiy taklif kelib tuşgan.

Maktubda qayd etilişiça, uşbu taşabbus 2025 yil 29 sentabrda e’lon qilingan va jahon yetakçilari tomonidan qöllab-quvvatlangan, şuningdek, BMT Xavfsizlik Kengaşining 2025 yil 17 noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan Ğazodagi mojaroni tugatiş böyiça kompleks rejaga asoslanadi.

Taşabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni şakllantiriş uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga tayyor bölgan davlatlarni birlaştirişga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma – Tinçlik kengaşini tuzişdan iborat.

Özbekiston Respublikasiga Tinçlik kengaşiga ta’sisçi davlat sifatida qöşiliş taklif etilgan.

Davlat rahbari amerikalik hamkasbiga javob maktubini yöllab, unda Özbekiston Tinçlik kengaşiga ta’sisçi davlat sifatida qöşilişga tayyorligini bildirdi.

Prezident öz maktubida uşbu taşabbusga Yaqin Şarqdagi köp yillik nizolarni hal etiş, keng mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş yölidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini ta’kidladi.

Ğazo sektorida öt oçiş töxtatilganidan keyin hududni boşqariş uçun xalqaro organ taşkil etiş rejalaştirilgandi. Oq uy allaqaçon AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Yaqin Şarq böyiça maxsus vakil Stiv Uitkoff, AQŞ prezidentining kuyovi Jared Kuşner hamda Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler Tinçlik kengaşi tarkibidan örin olişini e’lon qilgan.

Biroq, Bloomberg tanişib çiqqan nizom loyihasiga köra, Tinçlik kengaşi ança kengroq funksiyalarga ega bölişi nazarda tutilgan. Hujjatda u «barqarorlikka kömaklaşiş, işonçli va qonuniy boşqaruvni tiklaş hamda mojarolar ta’sir körsatgan yoki tahdid ostida bölgan hududlarda mustahkam tinçlikni ta’minlaşga intilayotgan xalqaro taşkilot» deb ta’riflangan. Kengaşga Trampning özi raislik qiladi va qarorlar u tomonidan tasdiqlanişi kerak böladi.