Maduro va uning turmuş örtoğini mustahkamlangan harbiy obekt hududidan atigi bir neça soat içida muvaffaqiyatli olib çiqiş şaxsiy tarkib tayyorgarligi, razvedka va logistika qançalik hal qiluvçi rol öynaşini namoyiş etdi. Aynan şu omillar köp jihatdan qurolli kuçlarning haqiqiy quvvatini şakllantiradi.
Uşbu infografika 2025 yilda dunyodagi eng qudratli armiyalar reytingi (top-50)ni taqdim etadi. Uning asosida 145 ta davlatning harbiy salohiyatini baholaydigan Global Firepower Index ma’lumotlari yotadi.
Indeks 60 dan ortiq parametrni hisobga oladi: amaldagi harbiy xizmatçilar soni, quruqlik, havo va harbiy-dengiz kuçlari, logistik imkoniyatlar, tabiiy resurslar hamda geografik omillar va boşqalar. Muhim jihat: harbiy qudrat indeksi qançalik past bölsa, mamlakat şunçalik kuçli hisoblanadi.
Birinçi örinda — AQŞ: indeks körsatkiçi eng past va amaldagi xizmatda 1,3 milliondan ortiq harbiy xizmatçiga ega. Bu AQŞning beqiyos global qamrovi, ilğor texnologiyalari va qudratli logistik infratuzilmasini aks ettiradi.

Undan keyin Rossiya va Xitoy keladi. Xitoy yetakçi uçlikdagi eng katta faol qöşin soni bilan ajralib turadi — 2 milliondan ortiq. Rossiya esa katta inson resurslarini keng quruqlik va strategik imkoniyatlar bilan uyğunlaştiradi.
Harbiy xizmatçilar soni ahamiyatli bölsa-da, u töliq tasavvur bermaydi. Masalan, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Fransiya qöşinlari soni ayrim pastroq örindagi davlatlarga nisbatan ança kam bölişiga qaramay, baribir yetakçi önlikka kiradi.
Yaponiyaning yuqori örni uning rivojlangan harbiy-dengiz va harbiy-havo kuçlari bilan izohlanadi: dunyodagi eng qudratli esminets birlaşmalaridan biri, zamonaviy qiruvçi samolyotlar va samarali raketaga qarşi mudofaa tizimi.
Buyuk Britaniya nisbatan kiçik quruqlik armiyasiga qaramay, kuçli aviatsiya va dengiz kuçlariga ega hamda NATO operatsiyalariga çuqur integratsiyalaşgan. Fransiya esa yadro quroli, okean floti va mustaqil ravişda xorijda harbiy operatsiyalar ötkaza oliş qobiliyati isbotlangani tufayli yetakçi harbiy davlatlar qatorida qolmoqda.












