Hududlar kesimidagi raqamlar telekom xizmatlarida asosiy ulush katta aholi va biznes faolligi yuqori bo‘lgan hududlarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi. Xususan, Toshkent shahri telekommunikatsiya xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hudud sifatida qayd etilgan.
Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi (2025 yil yanvar–noyabr):
- Toshkent shahri — 9 486,3 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 845,7 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 1 306,9 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 907,3 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 530,3 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 1 163,4 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 555,7 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati — 1 144,9 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati — 1 638,8 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 913,5 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 419,4 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 1 207,1 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 1 636,9 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 836,7 mlrd so‘m.
Qayd etilishicha, hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar telekom infratuzilmasi qamrovi, aholi soni, xizmatlarga talab hamda biznes faolligi bilan bog‘liq holda shakllanadi.










