Maktub matni PBS muxbiri Nik Şifrin tomonidan e’lon qilindi. U Yevropa davlatlarining Vaşingtondagi elçilariga yöllangan - ulardan Trampning Norvegiya boş vaziriga yöllagan maktubini öz hukumati rahbarlariga yetkaziş söralgan.
«Hurmatli Yonas! Mamlakatingiz sakkiz va undan ortiq uruşning oldini olganim uçun menga tinçlik böyiça Nobel mukofotini bermaslikka qaror qilganini hisobga olsak, men endi faqat tinçlik haqida qayğuriş majburiyatini his qilmayman, garçi u har doim ustuvor bölsa-da, endi men Amerika Qöşma Ştatlari uçun nima yaxşi va töğri ekanini öylaşim kerak. Daniya bu yerni Rossiya yoki Xitoydan himoya qila olmaydi va nega ularda mulk huquqi bölişi kerak? Bu haqda heç qanday yozma hujjat yöq, faqat u yerga yuz yillar oldin qayiq suzib borgan, lekin bizning qayiqlar ham borgan. Men NATO uçun u taşkil etilganidan beri boşqalardan köra köproq iş qildim va endi NATO Qöşma Ştatlar uçun nimadir qilişi kerak. Agar biz Grenlandiyani töliq va butkul nazorat qilmasak, dunyo xavfsiz bölmaydi», deb yozgan Tramp.
Yonas Gar Styore bu maktubni 18 yanvar kuni Trampdan olganini tasdiqladi. Norvegiya boş vaziri sözlariga köra, maktub şu kuniyoq AQŞ prezidentiga özi va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb nomidan yuborgan qisqa xabariga javoban kelgan. Styore va Stubb Trampning Yevropaning sakkizta davlatiga qarşi bojlar joriy etiş tahdidi böyiça öz pozitsiyalarini bayon qilgan va telefon orqali suhbat ötkazişni söragan.
17-18 yanvar kunlari Grenlandiya atrofidagi vaziyat keskinlaşdi. Tramp Grenlandiyaga öz harbiylarini yuborgan sakkizta davlatga bojlar joriy etiş bilan tahdid qildi. Yevropa yetakçilari bu tahdidlarni «notöğri» va «qabul qilib bölmaydigan» deb atadi hamda javob çoralarini belgilaş uçun şoşilinç uçraşuvlar ötkazişni rejalaştirdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 2025 yil davomida bir neça uruşlarga barham berganini aytib, tinçlik böyiça Nobel mukofotiga loyiq ekanini astoydil ta’kidlab kelgan edi. Biroq, Norvegiyaning Nobel mukofoti qömitasi mukofotni Venesuela muxolifati vakili Mariya Korina Maçadoga topşirdi.
Öz navbatida Maçado 16 yanvar kuni Nobel mukofoti medalini Trampga sovğa qildi va AQŞ prezidenti bunga köproq loyiq ekanini aytdi.












