“Razvedka missiyasi natija berdi, barça mamnun, hozir Germaniyada uni baholaş jarayoni ketmoqda”, — dedi u.

Harbiy missiya muddatidan oldin uzilganini rad etdi: “Razvedka rejaga muvofiq yakunlandi”, — dedi u. Uning sözlariga köra, nemis harbiylari Reykyavikka uçib ketgan, u yerdan Kopenhagenga yöl oladi.

Deutschlandfunk radiosi eslatişiça, Germaniya Mudofaa vazirligi bundesverning Grenlandiyadagi razvedka missiyasi muddati 15–17 yanvar bölganini bildirgan. Biroq şanba kuni u yerda missiyaning aniq davomiyligi oldindan qat’iy belgilanmagani ham qöşimça qilingan.

Bild naşri hisob-kitobiga köra, bundesverning Grenlandiyadagi missiyasi 44 soat davom etgan. Naşr da’vo qilişiça, orolni tark etiş buyruği 18 yanvar ertalab Berlindan kelgan.

Avval Bild nemis askarlarining “maxfiy, şoşilinç ketişi” haqida yozgan, ammo keyinroq buni rad etib, Germaniya Mudofaa vazirligidan kelgan aniqlaştirişni keltirgan. Unga köra, 18 yanvar kuni harbiylar uçun Grenlandiya böylab qöşimça safar rejalaştirilgan, lekin ob-havo şaroiti sabab u bekor qilingan. Şu bois harbiylar orolni tark etgan.