Germaniya Yevropaning eng katta mamlakati emas. Şunga qaramay, törtta Yevropa davlati uçun eng uzun çegara aynan Germaniya bilan kuzatiladi. Bular — Daniya, Niderlandiya, Çexiya va Avstriya.
Rossiya bilan çegara Belarus, Ukraina va Finlandiya uçun eng uzun çegara hisoblanadi. Infografikaga Gurjiston kiritilmagan, ammo u yerda ham Rossiya bilan çegara uzundir.
Italiya bilan çegara uçta davlat uçun eng uzun çegara bölib çiqdi, biroq bu davlatlarning ikkitasi Italiya hududi içida joylaşgan — Vatikan va San-Marino.
Kutilmagan holda, Fransiya uçun eng uzun çegara Braziliya bilan ekan. U Braziliyaning Amapa ştati hamda Fransuz Gvianasi orasida ötadi.
Rossiya uçun eng uzun çegara — Qozoğiston bilan. Aytgança, u dunyodagi eng uzun çegaralar reytingida ikkinçi örinda turadi.

Dunyoning ayrim davlatlari örtasidagi çegaralar minglab kilometrga çözilgan. Infografikada davlatlar örtasidagi eng uzun quruqlik çegaralari körgazmali tarzda körsatilgan.
Ayrim mamlakatlar Yevropa davlatlari hisoblanadi, ammo ularning quruqlik çegaralari yöq. Bunday mamlakatlar qatoriga Malta va Islandiya kiradi.












