Iste’molçilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuçaytirilgan iş rejimida faoliyat yuritmoqda. Hududlarda işlarning borişi doimiy nazoratda bölib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

Havo haroratining keskin pasayişi sababli tabiiy gazga bölgan talab oşgani bois ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayişi kuzatilmoqda. Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinçi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlaş ustuvor vazifa hisoblanadi.

Şu sababli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari — «metan zapravkalar» faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritildi. Mazkur çoralar faqat sovuq kunlarda aholi uçun barqaror ta’minotni ta’minlaşga qaratilgan bölib, vaziyat barqarorlaşişi bilan çeklovlar bekor qilinadi. Hududlardagi vaziyatga qarab qöşimça ma’lumot taqdim etiladi.

Şu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlaş maqsadida ijtimoiy soha obektlariga xizmat körsatuvçi hamda jamoat transport vositalari uçun gaz ta’minoti çeklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi. Uşbu yönalişlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz işlaşi aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolişda muhim ahamiyat kasb etadi.