Saida Mirziyoyevaning qayd etişiça, Ozarboyjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi örtasida erişilgan tinçlik kelişuvi hatto uzoq yillar davom etgan murakkab nizolarni ham hal etiş mumkinligini yaqqol namoyon etdi.

Şuningdek, u 2026 yilgi mukofot sovrindorlaridan Zarqa Yaftalini alohida tilga olib, uning qizlarning ta’lim oliş huquqini himoya qiliş borasidagi köp yillik faoliyati izçil va qat’iyatli sa’y-harakatlar orqali insonlar taqdiri va butun hamjamiyatlar kelajagini özgartiriş mumkinligini körsatişini bildirdi.

Mirziyoyeva fikriça, tinçlik ham, qizlarning ta’limga bölgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy boğliq bölgan muhim qadriyatlar hisoblanadi.