Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekiston shokolad mahsulotlarini eng ko‘p Ozarboyjonga yetkazib bergan — 633,1 tonna. Keyingi o‘rinda Mo‘g‘uliston qayd etilgan — 433,7 tonna.
Shuningdek, Qozog‘istonga 368,8 tonna, Rossiyaga 365,2 tonna, Qirg‘izistonga 360,3 tonna shokolad mahsulotlari eksport qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan davlatlar hissasiga jami 1,1 ming tonna shokolad mahsulotlari to‘g‘ri kelgan.
Umuman olganda, keltirilgan statistik ko‘rsatkichlar shokolad mahsulotlari bo‘yicha eksport geografiyasi kengayib, tashqi bozorlarda mahsulotga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.










