Kuchli shamol ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi, ko‘rish masofasi pasayishi va yo‘l harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan aholi va haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.

Tavsiyalar:

  • yengil konstruksiyali buyumlar, reklama bannerlari, tom qoplamalari va boshqa moslamalarni mustahkamlab qo‘yish;
  • daraxtlar, elektr simlari, reklama shchitlari hamda eski inshootlar yonida uzoq turmaslik;
  • avtomashinalarni daraxt ostiga va yengil konstruksiyalar yaqiniga qo‘ymaslik;
  • yo‘lda masofani saqlash, keskin manyovrlardan tiyilish, yuqori tezlikda harakat qilmaslik.

Toshkent shahrida kunduzgi soatlarda havo asosan bulutli bo‘lishi kutilmoqda.