Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko seşanba, 20 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan Ğazo sektorida va umuman dunyoda mojarolarni hal qiliş maqsadida tuzilayotgan “Tinçlik kengaşi” tarkibiga kiriş töğrisidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda BelTA Belarus davlat agentligi xabar qildi.

Lukaşenko matbuot xizmatiga yaqin bölgan “Pul Pervogo” Telegram-kanalida e’lon qilingan hujjat fotosuratda, AQŞ davlat kotibi Marko Rubioga yöllangan murojaatda Belarus “Tinçlik kengaşi” nizomini qabul qilayotgani aytilgan.

Reuters agentligi bu voqeani köp yillik xalqaro yakkalikdan keyin Minsk bilan Vaşington örtasidagi yaqinlaşuvning navbatdagi qadami, deb baholadi.

2025 yilda Tramp Belarusga nisbatan sanksiyalarni qisman yumşatişni boşladi — bu bir qator siyosiy mahbuslar ozod etilgani bilan boğliq. Oq uy rahbari Lukaşenkoni “juda hurmatli prezident” deb ham atagan.

Reuters eslatişiça, AQŞ ma’muriyati tomonidan taxminan 60 ta davlatga yuborilgan nizom loyihasida, a’zolikni uç yildan ortiq davom ettirmoqçi bölgan mamlakatlar 1 milliard dollar (853 million yevro) miqdorida badal tölaşi imkoniyati nazarda tutilgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Trampdan taklif olganini tasdiqladi va ukrain diplomati bu taklifni örganmoqda.

“Men uçun Rossiya bilan biror kengaşda birga bölişni tasavvur qiliş juda qiyin. Bu faqat şu kengaşga taalluqli emas. Çunki Rossiya — bu ‘uruş kengaşi’, Belarus ham u bilan birga”, — deya Zelenskiyning sözlarini keltirdi “Ukrainskaya pravda”.

Tramp taşkil qilayotgan “Tinçlik kengaşi” avval boşda Yaqin Şarqdagi mojaroni hal qiliş organi sifatida taqdim etilgan edi. 2025 yil oktyabrda u BMTdan tegişli mandat olgan.

Biroq, Tramp bu tuzilmaning vakolatlarini kengaytirişni istayapti. Masalan, 16 yanvar kuni dunyo yetakçilariga yuborilgan ta’sis xartiyasida Ğazo sektori umuman tilga olinmagan. Ammo hujjat muqaddimasida barqaror tinçlik uçun “köp bor samarasiz bölib kelgan yondaşuvlar va institutlardan voz keçiş zarur”ligi aytilgan.

Hujjatda BMT töğridan töğri tilga olinmagan, biroq Tramp bir neça bor taşkilotni samarasizlikda tanqid qilgan.

Avvalroq Vengriya boş vaziri Viktor Orban taklifni qabul qilgani ma’lum qilingan. Bu haqda 18 yanvar kuni Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto xabar bergan.