Quyida bu qanday keçgani haqida qisqaça töxtalib ötamiz.

Luiziana xaridi (1803): mamlakatni ikki barobar kattalaştirgan bitim

AQŞ tarixidagi eng yirik yer bitimi Napoleonning Yevropadagi muvaffaqiyatsizliklari fonida tuzilgan. 1803 yilda prezident Tomas Jyefferson Fransiyaga 15 million dollar tölaşga rozi bölib, Luiziana deb atalgan ulkan hududni sotib olgan. Bu xarid yoş davlat hududini deyarli ikki barobar kengaytirdi va Ğarbga tomon keyingi siljişga poydevor böldi. Missisipi daryosidan Qoyatoş toğlarigaça çözilgan yerlar keyinçalik 15 ta hozirgi ştat tarkibiga töliq yoki qisman kirgan.

Floridani sotib oliş şartnomasi (1819)

Oradan ön yildan sal köproq ötib, AQŞ diqqati janubga qaratildi. Adams—Onis şartnomasiga köra, Ispaniya Floridani AQŞga berdi, Amerika hukumati esa öz fuqarolarining Ispaniya tojiga qöygan da’volari böyiça taxminan 5 million dollar tölaş majburiyatini öz zimmasiga oldi. Bitim strategik ahamiyatga ega hudud ustidan nazoratni ta’minlagani barobarida, çegaralarni ham aniqlab, ikki sobiq kolonial davlat örtasidagi keskinlikni pasaytirgan.

Foto: World Visualized

Meksika tsessiyasi (1848)

Meksika—Amerika uruşi 1848 yilda Gvadelupe-Idalgo şartnomasi bilan tugadi. Natijada Meksika hozirgi Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arizona, şuningdek Kolorado, Vayoming va Nyu-Meksikoning ayrim qismlarini öz içiga olgan ulkan hududlarni bergan. Rasman bu “xarid” hisoblanmasa-da, AQŞ 15 million dollar tölagan va bir qator majburiyatlarni öz zimmasiga olgan. Kölami jihatidan bu AQŞ tarixidagi eng katta hududiy kengayişlardan biri bölgan.

Gadsden xaridi (1854)

Janubiy transkontinental temiryöl quriş va Meksika bilan çegara bahslariga nuqta qöyiş maqsadida AQŞ diplomatlari Gadsden bitimini tuzdi. 10 million dollar evaziga AQŞ hozirgi Arizona va Nyu-Meksiko janubiy hududlarida joylaşgan 77 ming km² dan ortiq yerni sotib oldi va qit’aviy AQŞ çegaralari yakuniy şakllandi.

Alyaska xaridi (1867)

Eng maşhur va dastlab tanqid qilingan bitimlardan biri — Alyaska xaridi. 1867 yilda AQŞ Rossiyadan 1,72 million km² hududni atigi 7,2 million dollarga sotib olgan — taxminan har akr uçun ikki sentdan. Zamondoşlar buni “Syuardning ahmoqligi” deb atagan, ammo keyinçalik bu yerning resurs va strategik qiymati ulkan ekani tasdiqlanib, Alyaska AQŞning 49-ştatiga aylangan.