Tergov versiyasiga köra, 2016 yildan buyon ikki erkak Germaniyadan “DXR” va “LXR” deb ataluvçi tuzilmalarga gumanitar yuklar va tibbiy tovarlar, şuningdek uçuvçisiz apparatlar (dronlar) yuborib turgan taşkilotda rahbar lavozimlarini egallab kelgan. Aytilişiça, Suren A. mahalliy qurolli tuzilmalar uçun yuklarni taşiş xarajatlarini moliyalaştirgan.

Prokuratura ma’lumotiga köra, Falko X. yetkazib beriş buyurtmalarini qabul qilgan va yuklarni joyida taqsimlaşda iştirok etgan. ARD ma’lumotlariga köra, taşkilot Friedensbrücke-Kriegsopferhilfe — “Tinçlik köprigi — uruş qurbonlariga yordam” deb ataladi. 22 yanvar kuni uşlanganlar tergov sudyasi oldiga olib kelinadi, u ularni hibsga oliş haqida qaror çiqarişi mumkin.

Şu kuni Berlinda nemis va ukrain fuqaroligiga ega bölgan ayol Rossiya maxsus xizmatlari uçun işlaganlikda gumon qilinib qölga olindi. Federal prokuratura ma’lumotlariga köra, Ilona V. Rossiya razvedkasidan bölgan kuratoriga RFning Ukrainaga qarşi uruşiga taalluqli ma’lumotlarni uzatib kelgan. Bundan taşqari, u ehtimol, şaxsan tanigan GFR Mudofaa vazirligining sobiq xodimlari bilan ham muloqot qilgan.

Ilona V.ning kvartirasida, şuningdek Brandenburg, Reynland-Pfals va Bavariyada yana ikki nafar gumonlanuvçiga tegişli uy-joylarda tintuv ötkazildi. Qolgan ikki nafar figurant hozirça ozodlikda qolmoqda.

Ilona V. xorijiy razvedka manfaatlari uçun faoliyat olib borganlikda gumon qilinmoqda. Prokuratura ma’lumotiga köra, u siyosiy tadbirlar iştirokçilari haqida ma’lumot töplagan, şuningdek mudofaa obektlarining joylaşuvi, dronlar sinovlari va Ukrainaga dronlar yetkazib beriş rejalari haqida ham axborot olgan.

Germaniya Federal prokuraturasi “Donetsk xalq respublikasi” va “Luxansk xalq respublikasi” deb ataluvçi tuzilmalarni terroristik taşkilotlar sifatida tasniflaydi. Uşbu Ukraina hududlari 2014 yil bahorida Moskva nazoratidagi kuçlar tomonidan egallab olingan.