Öziga tegişli Air Force One samolyoti bortida aniqlangan nosozlik tufayli Tramp Şveytsariyaga rejalaştirilganidan keyinroq yetib keldi. Layner havoga kötarilganidan köp vaqt ötmasdan Sent-Endryus bazasiga qaytdi, u yerda Tramp va uning jamoasi boşqa samolyotga ötkazildi.

Şunga qaramay, Trampning forumdagi çiqişi öz vaqtida boşlandi. U öz nutqini Amerikaning oldingi ma’muriyatini tanqid qiliş bilan boşladi.

U demokratlar AQŞni iqtisodiy jihatdan ham, xalqaro maydondagi nufuz jihatidan ham kuçsizlantirganini aytdi, ammo, özining aytişiça, u va uning jamoasi vaziyatni önglaşga erişgan. «Iqtisodiyotimiz gullab-yaşnamoqda», – degan u.

Trampning fikriça, Yevropa qit’asi, aksinça, rivojlanişning notöğri yölini tanlagan. «Men Yevropani sevaman, u ham taraqqiy etişini xohlayman, ammo ular notöğri yönalişda harakatlanmoqda», – deydi Tramp.

«Bu bizning hudud»

Yevropani tanqid qilarkan, Tramp kutilganidek, öz nutqidagi asosiy mavzuga ötdi – bu AQŞning Daniya qirolligi tarkibiga kiruvçi Grenlandiya oroliga da’vosi bilan boğliq.

Tramp uşbu orolda Daniya mavjudligining «heç qanday asorati yöqligi»ni aytdi va faqatgina AQŞ «uşbu ulkan muz bölagini» himoya qila olişi va rivojlantirişini ta’kidladi.

Gap şundaki, heç qanday millat yoki millatlar guruhi Grenlandiyani AQŞ darajasida himoya qilişga hatto yaqin kela olmaydi. Biz buyuk davlatmiz, odamlar öylaganidan ham köra qudratliroqmiz.

Ikkinçi jahon uruşi vaqtida biz Daniya Germaniyaning kuçli zarbasiga doş bera olmasdan olti soatlik janglardan keyin qulaganiga va na özini, na Grenlandiyani himoya qila olmaganiga guvoh bölganmiz.

Şuning uçun Qöşma Ştatlar vaziyatga aralaşişga majbur bölgan, biz aralaşişimiz kerakligini his qilganmiz. Biz Daniya uçun jang qilganmiz, biz uni Daniya uçun qutqarib qoliş uçun jang qilganmiz. Katta, ajoyib muz bölagini. Uni yer deb ataş ham qiyin, u ulkan muz bölagi.

Biz özimiz ğalaba qozongan uruşdan keyin esa... biz raqibni tor-mor keltirganmiz, agar biz bölmaganimizda, barçangiz nemisça va yaponça gaplaşib yurgan bölardinglar... uruşdan keyin biz uni Daniyaga qaytardik. Bu esa biz tomondan qilingan katta ahmoqlik edi. Ammo biz şunday qilganmiz, biz uni qaytarib berganmiz.

Ammo endi ular noşukrlik qilişmoqda...

Endi bizning mamlakat va butun dunyo raketalar, yadroviy qurollar tufayli avvalgilariga qaraganda ança kattaroq xavf bilan töqnaşmoqda.