Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil davomida 7,6 mln nafar Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda çet elga çiqqan. Qayd etilişiça, bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan qariyb 1,4 mln nafarga köpaygan bölib, ösiş sur’ati 22,2 foizni taşkil etgan.
Bu ösiş bir qator omillar bilan izohlanadi: qöşni davlatlar bilan çegaralarning oçiqligi, transport qatnovlarining kengayişi, aviaqatnovlar sonining ortişi, şuningdek, aholining sayohatga qiziqişi oşib borayotgani.
Statistikaga köra, 2025 yilda özbekistonliklar eng köp quyidagi davlatlarga safar qilgan:
Qirğiziston — 3,3 mln nafar;
Qozoğiston — 1,3 mln nafar;
Tojikiston — 1,3 mln nafar;
Rossiya — 433,3 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 366,2 ming nafar;
Turkiya — 268,9 ming nafar;
BAA — 139,4 ming nafar;
Misr — 65,4 ming nafar;
Xitoy — 52,6 ming nafar;
Vetnam — 39,1 ming nafar.
Röyxatdan körinib turibdiki, safarlarning asosiy qismi qöşni davlatlar hissasiga töğri kelmoqda. Bu, avvalo, yaqin masofa, soddalaştirilgan çegara tartiblari va iqtisodiy hamda oilaviy aloqalarning faolligi bilan boğliq.
Şu bilan birga, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Misr kabi davlatlar ham özbekistonlik sayyohlar orasida ommabop yönalişlardan biri bölib qolmoqda. Bu mamlakatlarga asosan dam oliş, ziyorat turizmi hamda xizmat safari maqsadida borilayotgani qayd etilmoqda.
Keyingi yillarda ham xorijiy sayohatlarga bölgan qiziqiş saqlanib qolişi va safarlar geografiyasi yanada kengayişi kutilmoqda.












