AQŞ prezidenti Donald Tramp Tinçlik kengaşi nizomini imzoladi – bu amalda BMTga muxolif sifatida taşkil etilgan yangi xalqaro organ hisoblanadi.

Imzolaş marosimi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida bölib ötdi. Unda Yaqin Şarq va Janubiy Amerika (Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Argentina, Paragvay), şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Vengriya boş vaziri Viktor Orban, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev iştirok etdi.

Sahnada Tramp bilan birga 20 ga yaqin davlat vakillari bor edi va ular orasida AQŞning Ğarbiy Yevropadagi an’anaviy ittifoqçilaridan heç biri yöq edi, deb ta’kidlaydi CNN.

Trampning öziga köra, Tinçlik kengaşi BMT kabi boşqa köplab taşkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Trampning nutqidan söng, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Tinçlik Kengaşi endi rasman xalqaro taşkilot ekanini e’lon qildi. Keyin davlatlar rahbarlari hujjatni imzolaş uçun birma-bir Trampning yoniga borişdi.

Tinçlik kengaşi Trampning tinçlik rejasiga muvofiq uruşdan keyin Ğazo sektorini boşqariş organi sifatida işlab çiqilgan. Biroq, aslida, uning nizomidan ma’lum bölişiça, u ança kengroq funksiyalarga ega böladi va mohiyatan BMTga muqobil böladi. Kengaşga Trampning özi raislik qiladi va unga umrbod a’zolik uçun mamlakatlarga bir milliard dollardan mablağ ajratiş taklif qilinmoqda. Tinçlik kengaşiga a’zo böliş uçun 60 ga yaqin davlat, jumladan, Rossiya, Belarus va Ukraina taklif olgan. 20 yanvar kuni Aleksandr Lukaşenko Yevropada birinçi bölib Kengaşga a’zo böliş töğrisidagi hujjatni imzoladi. Şu bilan birga, Yevropaning bir qator davlatlari unga a’zo bölişdan boş tortmoqda, bunga Rossiya ham taklif etilgani sabab bölmoqda.

Vladimir Putin Rossiya taklifnoma olganini tasdiqladi va Rossiya Ğazoni boşqariş organi sifatida taşkil etilgan Tinçlik kengaşiga Rossiyaning AQŞda bloklangan aktivlari hisobidan 1 milliard dollarni topşirişga tayyorligini aytdi.