Taklifnomalar taxminan 60 davlat rahbarlariga yuborilgan, ular orasida Rossiya, Belarus va Xitoy ham bor. Reuters’ning yozişiça, ayrim davlatlar Tramp bilan munosabatlarni buzib qöymaslik, uning “ğazabini qözğatmaslik” uçun taklifni rad etişga jur’at etolmayapti. Agentlik Davosda ötayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida Lotin Amerikasi, Yaqin Şarq va Yevropa davlatlaridan bölgan 16 nafar siyosatçi va delegat bilan suhbatlaşgan.

“Ayrim hududlardan bölgan amaldorlar şaxsiy suhbatlarda Trampning ‘Tinçlik kengaşi’ga qöşilişni tanlov emas, balki majburiyat sifatida qabul qilişini aytdi”, — deyiladi maqolada. Ğarbdan bölgan delegatlardan biri Vaşingtonning oşirilgan bojlari, Eron, Venesuela, Ğazo sektori va Grenlandiya bilan boğliq siyosatni eslatgan.

Kutilişiça, “Tinçlik kengaşi”ning nizomi 22 yanvar kuni Davosda imzolanadi va yangi tuzilmaning raisi sifatida Donald Trampning özi turibdi. Ijro qömitasi tarkibiga, boşqalar qatorida, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Trampning kuyovi Jared Kuşner va Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler kirişi kutilmoqda.

Reuters’ga köra, ayrim Yevropa yetakçilarini loyiha nizomida qaror qabul qiliş vakolatlarining asosan Tramp qölida jamlanişi taşvişlantirmoqda. Hujjat loyihasiga qaraganda, Tramp “kengaş” raisi lavozimini deyarli umrbod saqlab qolişi mumkin: u faqat öz xohişi bilan yoki ijro qömita a’zolarining bir ovozdan qabul qilgan qarori bilangina lavozimdan ketişi mumkin.

Şu bilan birga, Reuters’ga izoh bergan yevropalik diplomatning aytişiça, YeI davlatlari “Tinçlik kengaşi”ga qöşiliş masalasida özaro maslahatlaşadi, ammo yakuniy qarorni har bir davlat öz milliy manfaatlaridan kelib çiqqan holda mustaqil qabul qiladi.

Ma’lumotlarga köra, 21 yanvarga qadar “Tinçlik kengaşi” a’zosi bölişga Argentina, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Vengriya, Qozoğiston, Marokaş, BAA, Vetnam va boşqa bir qator davlatlar rozilik bergan.

Reuters xabar qilişiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklifni rad etiş niyatida. Fransiya TIV rahbari Jan-Noel Barroning tuşuntirişiça, “Tinçlik kengaşi” nizomi Fransiyaning, ayniqsa BMT oldidagi xalqaro majburiyatlari bilan mos kelmaydi.

Şvetsiya va Norvegiya ham “Tinçlik kengaşi”ga qöşilmaslikka qaror qilgan. Italiya va Germaniya esa hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Germaniya hukumatida esa bu tuzilma “keraksiz” deb tanqid qilingan.

“Qöşimça xalqaro institutlarga ehtiyoj yöq. Bizda BMT bor, yangi organlar tuziş örniga uni mustahkamlaş kerak”, — dedi 21 yanvar kuni GFR vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl.