Milliy statistika qömitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga köra, 2025 yilda mamlakatda körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln sömga yetib, ilk bor 1 kvadrillion söm çegarasidan oşdi. Bu esa xizmatlar sohasida barqaror ösiş kuzatilayotganini körsatadi.

Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga oşgan (2024 yilda — 840,1 trln söm). Ösiş dinamikasi sönggi yillarda izçil davom etmoqda:

  • 2023 yilda — 664,8 trln söm;
  • 2022 yilda — 509,6 trln söm;
  • 2021 yilda — 389,4 trln söm.

Hisob-kitoblarda norasmiy va yaşirin iqtisodiyotni baholaş böyiça statistik kuzatuvlar natijalari ham inobatga olingan, bu esa körsatkiçlarning yanada real aks etişini ta’minlaydi.

Bozor xizmatlari hajmining oşişi savdo, transport, aloqa, moliyaviy xizmatlar, turizm va maişiy xizmatlar sohalari faollaşgani bilan boğliq bölib, mamlakat iqtisodiyotida xizmatlar sektorining uluşi tobora ortib borayotganini anglatadi.