Milliy statistika qömitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga köra, 2025 yilda mamlakatda jami 313,8 trln sömlik quriliş işlari bajarildi. Qayd etilişiça, quriliş sohasidagi uşbu hajm 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga ösgan.

Ma’lumotlarda quriliş işlari hajmining yillar kesimida barqaror ortib borayotgani ham keltirilgan. Xususan, yanvar–dekabr oylari natijalariga köra:

2022 yil — 130,7 trln söm;
2023 yil — 222,9 trln söm;
2024 yil — 259,6 trln söm;
2025 yil — 313,8 trln söm.

Şu tariqa, sönggi tört yilda quriliş işlari hajmi izçil ösib, 2022 yildagi 130,7 trln sömlik körsatkiçdan 2025 yilda 313,8 trln sömgaça kötarilgan.

Quriliş sohasidagi ösiş infratuzilma loyihalari, ijtimoiy obektlar qurilişi, uy-joy barpo etiş hamda hududlarni kompleks rivojlantiriş işlari faollaşuvi bilan boğliq bölişi mumkin.