Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytişiça, operatsiya vaqtida Fransiyani bir neça ittifoqçilar, jumladan Buyuk Britaniya qöllab-quvvatlagan. Uning sözlariga köra, tanker xalqaro sanksiyalar ostida bölib, ehtimol, yolğon bayroq (özini boşqa davlat bayroği ostida körsatiş) bilan harakatlangan.

Marsel prokuraturasi tanker yönalişini özgartiriş va uni qöşimça tekşiruvlar ötkaziş uçun yönaltiriş töğrisida körsatma bergan.

“Soya floti” asosan eski kemalardan iborat bölib, ular ğarbning suğurta va röyxatdan ötkaziş (registr) tizimlaridan taşqarida işlatiladi. Ularning yordamida Rossiya Ukrainaga qurolli bostirib kirilganidan keyin Yevropa Ittifoqi joriy etgan sanksiyalarini çetlab ötadi. Neft sotişdan tuşgan daromadlar, jumladan Hindiston va Xitoy kabi davlatlarga arzonroq narxda sotiş orqali olingan mablağlar, uruşni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy X tarmoğida bu operatsiya “aynan kerak bölgan qat’iyat”ni körsatganini yozdi. U yanada qat’iy çoralarga, jumladan kemalarni uşlaş va ular taşayotgan neftini musodara qilişga çaqirdi.

Moskvada esa Rossiya tomoni bu voqea haqida rasman xabardor qilinmagani aytildi. TASS xabariga köra, RF hokimiyati kema bortida Rossiya fuqarolari bor-yöqligini aniqlaşga harakat qilmoqda — zarurat bölsa, ularga yordam körsatiş uçun. Oktyabr oyida ham Fransiya özining ğarbiy sohili yaqinida sanksiyalar ostida bölgan boşqa bir tankerni töxtatgan, biroq bir neça kundan keyin kema ozod qilingan edi.