23–24 yanvar kunlari Özbekiston hududining katta qismida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Juma kunduzi va keçasi Özbekiston hududi sovuq antitsiklon ta’siri ostida böladi. Havo harorati asosan kunduzi 0…–3 daraja, şanbaga ötar keçasi –5…–8 daraja böladi.
Şanba kunduzi sovuq antitsiklon Özbekiston hududidan çekinadi va sovuq havo massalari ta’siri asta-sekin kuçsizlanadi. Harorat kunduzi 0…+3 daraja atrofida böladi.
Yakşanba kuni havo harorati nisbatan kötariladi. Sovuq keçalari –3 darajadan +2 darajagaça kuçsizlaşadi, kunduz kunlari +5…+8 darajagaça isiydi.
Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida juma kunining birinçi yarmida ba’zi joylarda kuçsiz qor yoğadi, Navoiy, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida şanbaning yarmida ba’zi joylarda biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
25 yanvar kuni faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlaridan taşqari respublikaning ayrim joylarida biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin.
Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. 24–25 yanvarda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15–20 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 22–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Toşkent şahrida juma va şanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Yakşanba kuni asosan yomğir körinişida biroz yoğingarçilik bölişi mumkin. Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Havo harorati bugun kunduzi –1…–3 daraja böladi. Şanba kuni keçasi –6…–8 daraja, kunduzi 0…+2 daraja böladi. Yakşanba kuni keçasi –1…+1 daraja, kunduzi +5…+7 daraja böladi.












