Milliy statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 13,9 mlrd dollarga yoki 20,7 foizga oşgan.
Yil yakunlariga köra, taşqi savdo aylanmasi tarkibida: eksport — 33,8 mlrd dollar (+24 foiz), import — 47,4 mlrd dollar (+18,5 foiz)ni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston jahonning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirmoqda.
Taşqi savdoda eng yuqori uluş quyidagi mamlakatlar hissasiga töğri kelgan:
- Xitoy — 21,2 foiz;
- Rossiya — 16,0 foiz;
- Qozoğiston — 6,1 foiz;
- Turkiya — 3,7 foiz;
- Koreya Respublikasi — 2,1 foiz.











