Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 larda Mirzo Uluğbek tumanidagi Şahrisabz – Mustaqillik şohköçalari çorrahasida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Ma’lum qilinişiça, Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi, 2000 yilda tuğilgan A.X. harakat davomida çorrahada öz yönalişini keskin çapga özgartirgan. Çapga buriliş paytida u çorraha markazida xizmat olib borayotgan yöl-patrul xizmati (YPX) inspektorini urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan YPX inspektoriga şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati barça yöl harakati qatnaşçilarini yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.

















