Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi muhim taşabbus — agrivoltaika loyihasi amalga oşirilmoqda. U qişloq xöjaligi hamda qayta tiklanuvçi energiya sohalarini uyğunlaştirgan holda, ilm-fan va innovatsiyalarni bevosita amaliyotga joriy etişga qaratilgani bilan ahamiyatli, deya qayd etildi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur loyiha Fransiyaning Voltalia SA kompaniyasi bilan hamkorlikda yölga qöyilmoqda. Agrivoltaika texnologiyasi orqali bir vaqtning özida elektr energiyasi işlab çiqariş va qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş imkoniyati yaratiladi. Bu yeçim yer hamda energiya resurslaridan samarali foydalaniş, ilmiy tajribalar kölamini kengaytiriş va barqaror rivojlaniş maqsadlariga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Loyihaning oçiliş tadbirida qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Akmal Qosimov hamda Fransiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ualid Fuk iştirok etgan. Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, “yaşil energetika” va agrar ilm-fanni uyğunlaştiriş masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilişiça, institutning Toşkent ilmiy-tajriba stansiyasi hududida sinov tariqasida 800 kVt quvvatga ega “yaşil energiya” işlab çiqariş loyihasi yölga qöyilmoqda. U 1 million AQŞ dollari miqdoridagi grant asosida amalga oşirilib, quyoş panellari ostida sabzavot, kartoşka va poliz ekinlarini yetiştiriş böyiça ilmiy tajribalar olib boriladi.
Şuningdek, loyiha doirasida institut hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilib, tomonlar örtasida investitsion şartnoma imzolangani ma’lum qilindi. Taşabbus qişloq xöjaligida innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etiş, ilmiy-tadqiqot işlarining amaliy samaradorligini oşiriş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.












